Jamiyat

Yuqori tezlikdagi internet barcha hududlarga qachon yetib borishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishSetevoye oborudovaniye v servernoy.
Setevoye oborudovaniye v servernoy. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Oʻzbektelekom" aholini yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash uchun qilinayotgan ishlar haqida axborot berdi.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekistondagi barcha aholi yashash maskanlari yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi bilan 2026 yilga qadar toʻliq qamrab olinishi rejalashtirilgan. Bu haqida “Oʻzbektelekom” AK matbuot kotibi Timur Mamajonov maʼlum qildi.
Mamajanovga koʻra, aholini yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi bilan taʼminlash maqsadida mavjud infratuzilmani zamonaviylashtirishmoqda. Xususan:
2021 yilda 50 ming km.dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilgan;
2022 yilda ushbu koʻrsatkichni 60 ming km.ga yetkazish belgilangan;
2026 yilga qadar esa barcha aholi yashash maskanlarini yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi bilan toʻliq qamrab olish rejalashtirilgan.
“Birgina 2022 yilning 1-choragida, butun respublika boʻylab 12072 km optik tolali aloqa liniyalari tortildi, bu ayniqsa, internet xizmatlarining eng olis va chekka hududlarga ham sifatli uzatilishiga xizmat qiladi”, - deydi Timur Mamajonov.
Brifingda shuningdek “Oʻzbektelekom” AK amalga oshirayotgan boshqa ishlar yuzasidan ham bayonot berildi. Xususan, xalqaro aloqa xizmatlarini takomillashtirish borasida.
Ayni kunlarda Umra va Haj safarlarini amalga oshiruvchi ziyoratchilar uchun xalqaro rouming xizmatining maxsus paketlarini ham ishga tushirilgan. Ushbu xizmat Saudiya Arabistoni operatori orqali yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, unda abonent sim kartasini almashtirishi talab etilmaydi va roumingda mobil aloqa xizmatlaridan 4-6 marta arzonroq foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, Internet-trafikdan 8 martagacha arzon foydalanish mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0