“Misli ko‘rilmagan tajovuz”. Vashington va Brussel Yevropada nimani o‘ylab qo‘ygan?

© AP Photo / Roman KoksarovVoyska NATO na voyennoy baze Adaji v Kadage, Latviya
Voyska NATO na voyennoy baze Adaji v Kadage, Latviya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna bo‘lish
Shimoliy Alyansda Finlyandiya va Shvetsiyani anchadan buyon kutishmoqda. Skandinaviya yarimoroli va Boltiq dengizining deyarli barcha qirg‘oq chiziqlari Brussel nazoratiga o‘tadi. Rossiyaning eng muhim port-shahri Murmanskkacha 100 km qoladi xolos.
Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning maxsus operatsiyasi fonida NATOga a’zo bo‘lishni qizg‘in muhokama qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida Brussel Sharqiy Yevropa qanotini mustahkamlayapti, yangi jangovar guruhlarni kengaytirapti va Moskvaga qarshi chaqiriqlarini kuchaytirmoqda. Shimoliy Antantika alyansining so‘nggi vaqtlardagi faoliyati haqida – batafsil.

Skandinaviya NATOda

Finlyandiya va Shvetsiya ko‘p o‘n yillar davomida neytral bo‘lib kelgan va prinsipial jihatdan blokdan tashqari maqomga amal qilgan. Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, Skandinaviyadagi ushbu davlatlarning hukumatparast va muxolifatdagi siyosiy partiyalari NATOga qo‘shilish haqida gapira boshladi.
Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marinning fikricha, Moskva va Xelsinki o‘rtasidagi munosabatlar endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi. Uning fikricha, “Yevropa xavfsizlik tizimidagi tub o‘zgarishlar” sharoitida Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish zarur.
Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson ham xuddi shunday pozitsiyada. Mahalliy matbuotning yozishicha, u allaqachon qaror qabul qilgan. Har ikki davlat ham 29-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ariza topshirishi kutilmoqda.
Alyansda esa Finlyandiya va Shvetsiyani anchadan buyon kutishmoqda. Bosh kotib Yens Stoltenberg ularni iloji boricha tezroq qabul qilishga va’da berdi. Bu shijoat tamomila tushunarli: Skandinaviya yarimoroli va Boltiq dengizining deyarli barcha qirg‘oq chiziqlari Brussel nazoratiga o‘tadi. Rossiyaning eng muhim port-shahri Murmansk esa blok chegaralaridan yuz kilometr narida qoladi xolos. NATOning fikricha, bu Moskvaga bosim qilishni kuchaytiradi.
Kreml tezda munosib javob qildi. Xavfsizlik kengashi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning ta’kidlashicha, NATOning yer ustidagi chegaralari maydoni ikki barobar kattalashmoqda. Quruqlikdagi kuchlar va havo mudofaasini guruhlarini kuchaytirish, shuningdek, Finlyandiya ko‘rfazida qo‘shimcha dengiz kuchlarini joylashtirishga to‘g‘ri keladi. “Boltiqbo‘yining yadroviy bo‘lmagan maqomi haqida endi gap bo‘lishi mumkin emas: muvozanatni tiklash kerak”, - deya alohida ta’kidladi u.
“Gap Kaliningrad viloyatida yadroviy qurolni joylashtirish haqida ketmayapti- bu ehtimoliy dushman chegaralariga juda yaqin, - deb aniqliq kiritdi harbiy ekspert Aleksey Leonkov. – Bu Shvetsiya, Finlyandiya, shuningdek Boltiqbo‘yi davlatlarining yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarimiz uchun qonuniy nishonga aylanishini anglatadi.
Avvalroq, biz raketa bilan nishonga olishimiz mumkin bo‘lgan yaqin davlatlar Polsha va Norvegiya edi. Biroq, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi bizga Ukrainaning a’zo bo‘lishi kabi xatarli emas. Baribir Skandinaviya mamlakatlari hukumatida ancha adekvat odamlar turibdi. Ular bilan hududiy bahslar yo‘q. Shunday ekan, global miqyosda kuchlar muvozanati o‘zgarishi dargumon”.

Sharqiy qanot

Boshqa yo‘nalishlardan ham Rossiyaga bosim o‘tkazishda davom etishmoqda. Kuni kecha Yens Stoltenberg alyans “Rossiya agressiyasi”ga qarshi turish uchun sharqiy qanotda doimiy harbiy kuchlarni keng ko‘lamda joylashtirish rejalarini ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika bloki Moskva harakatlarining “uzoq muddatli oqibatlarini” zararsizlantiradigan “tub transformatsiya jarayonida”. Sharqiy Yevropada NATOning bevosita qo‘mondonligi ostida o‘n minglab askar bor.
Avvalroq alyans davlatlari rahbarlari “Rossiyaning xalqaro xavfsizlik va barqarorlik asoslarini yo‘q qilishga urinishlari”, shuningdek, Kremlga “muvofiqlashtirilgan xalqaro bosim” o‘tkazishda birdam ekanliklarini tasdiqlagan edi.
“Rossiyaning faolligiga javoban biz NATOning mudofaa rejasini ishlab chiqdik, javob berish kuchlari bo‘linmalarini joylashtirdik va sharqiy qanotimizga 40 ming askardan iborat kontingentni, shuningdek, havo va dengiz kuchlarining bevosita qo‘mondonligi ostidagi asosiy vositalarni joylashtirdik, - deyiladi qo‘shma bayonotda. “Shuningdek, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya va Slovakiyada to‘rtta qo‘shimcha ko‘pmillatli jangovar guruhlar tuzmoqdamiz”.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash guruhlar 2016-yilda Latviya, Litva, Estoniya va Polshada tuzilgan edi. Har birida - mingga yaqin shtiklar. Shunday qilib, NATO Rossiya chegaralari yaqinidagi qo‘shinlari sonini kamida o‘n barobarga oshirdi.

Ko‘proq pul va askar

Bundan tashqari, NATO mamlakatlari qurollanishga ko‘proq pul sarflamoqda. Masalan, Pentagon 778 milliard dollar- rejalashtirilganidan 9,8% ko‘p pul sarflaydi.
Berlin harbiy budjetini eng kamida 100 milliard yevroga oshiradi: mudofaa xarajatlari YaIMning ikki foizidan oshadi. Pul Harbiy havo kuchlarini qayta jihozlashga (xususan, eskirgan Tornado o‘rniga Amerika F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olishga) ham yo‘naltiriladi.
Polsha Qurolli kuchlaridagi harbiylar sonini 300 mingga ko‘paytiradi. Bu hozirgidan ikki barobar ko‘p degani. Bundan tashqari, vitse-premyer Yaroslav Kachinskiy AQSh yadro qurolini joylashtirishga tayyor ekanligini bildirdi. Rossiya Federatsiya Kengashi vitse-spikeri Konstantin Kosachev bu tashabbusni “o‘ta ketgan surbetlik” deb atadi. Axir, NATO muntazam ravishda Rossiyani strategik to‘xtatuvchi kuchlarni Belarusga o‘tkazishdan ogohlantirib turadi.
Ukrainadagi harbiy harakatlardan buyon alyansning ko‘pgina mamlakatlari o‘z arsenalarini yangilab olishga qaror qildi. Slovakiya, Chexiya, Ruminiya, Polsha va boshqa ittifoqdoshlar Vashington chaqirig‘iga labbay deb javob berdi va Kiyevga eski sovet texnikasini yubordi.
Fidokorlikni taqdirlash sifatida Pentagon ularga anchayin zamonaviy qurollar berishni va’da qildi. Ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, bu Amerika mudofaa kompaniyalariga misli ko‘rilmagan daromad keltiradi: Oq uy har doimgidek vaziyatdan pul ishlab olish imkoniyatlarini qo‘ldan boy bermayapti.
Yangiliklar lentasi
0