Dunyoda

Oʻzbekiston Afgʻonistonda yuz bergan terrorchilik harakatlarini qoraladi

© REUTERS / West Asia News AgencyBoyets "Talibana"* s vintovkoy v parke razvlecheniy v Kabule
Boyets Talibana* s vintovkoy v parke razvlecheniy v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Terrorchilik harakatlari Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan
TOSHKENT, 22 apr - Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistonda yuz bergan terrorchilik harakatlarini qoraladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
Qayd etilishicha, tinch aholi orasida koʻplab qurbonlarga sabab boʻlgan zoʻravonlik harakatlari Afgʻonistonda barqaror tinchlik va milliy totuvlik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Oʻzbekiston muqaddas Ramazon oyi kunlarida Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qatʼiy qoralaydi.
“Oʻzbekiston tomoni halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaydi”, - deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, 20 aprel kuni Kobulning gʻarbiy tumanlaridan biridagi taʼlim muassasalari yaqinida kamida uchta portlash sodir boʻldi. Dastlabki portlash “Mumtoz” oʻquv markazi yaqinida, soʻngra yana ikkita portlash Abdul Rahim Shahid oʻgil bolalar oʻrta maktabi yaqinida sodir boʻlgan.
Afgʻoniston xavfsizlik va sogʻliqni saqlash rasmiylarining maʼlum qilishicha, portlashlar oqibatida kamida olti kishi halok boʻlgan, 11 kishi yaralangan.
Yangiliklar lentasi
0