O‘zbekiston Venetsiya san’at ko‘rgazmasi uchun al-Xorazmiy asarlarini tanladi

© Madaniyat va san’at fondiUzbekistan na vistavke iskusstv v Venetsii
Uzbekistan na vistavke iskusstv v Venetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna bo‘lish
San’at ko‘rgazmasida "Dixit Algorizmi – The Garden of Knowledge" - bilimlar bog‘i timsolidagi installyatsiya namoish etiladi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Venetsiyada har ikki yilda bo‘lib o‘tadigan san’at ko‘rgazmasida O‘zbekiston al-Xorazmiy ijodiga bag‘ishlangan loyihani namoyish etadi. Bu haqida Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi ma’lum qilmoqda.
"Dixit Algorizmi – The Garden of Knowledge" - bu al-Xorazmiyning asosiy fundamental asarlaridan iborat “Bilimlar bog‘i” timsolida instalyatsiya bo‘lib, o‘zbekistonlik san’at vakillari o‘zlarining xorijlik hamkasabalari bilan uchrashishadi, tajriba almashishadi.
© Madaniyat va san’at fondiUzbekistan na vistavke iskusstv v Venetsii
Uzbekistan na vistavke iskusstv v Venetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Uzbekistan na vistavke iskusstv v Venetsii
“Bu yil milliy pavilon "Bilimlar bog‘iga" aylandi. Unda o‘zbekistonlik rassomlar, kurator va san’atshunoslar boshqa yurtlardan kelgan hamkasblari bilan uchrashib, yangi g‘oyalarni muhokama qilib, tajriba almashishadi. Butun ko‘rgazma davomida pavilonimizda o‘zbek va xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi boy ommaviy madaniy dastur taqdim etiladi. Dasturning birinchi qismida O‘zbekistondan 14 nafar ijodkor qatnashadi”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘z telegram kanalida.
Ushbu loyiha Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va xalqaro mutaxassislar hammuallifligida yaratildi.
Ma’lumot uchun, Venetsiya san’at biyennalesi 127-yil avval o‘z faoliyatini boshlagan. U har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Ushbu ko‘rgazma mamlakatlarning madaniy merosini targ‘ib qilish, milliy imijini ilgari surishda muhim platforma vazifasini o‘tamoqda. Ko‘rgazma 27-noyabrga qadar davom etadi.
© Madaniyat va san’at fondiUzbekistan na vistavke iskusstv v Venetsii
Uzbekistan na vistavke iskusstv v Venetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Uzbekistan na vistavke iskusstv v Venetsii
Yangiliklar lentasi
0