Surxondaryo hokimi Qoraqalpogʻistonga keldi
17:09 22.04.2022 (yangilandi: 17:25 22.04.2022)
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiDelegatsiya Surxandarinskoy oblasti priyexala v Karakalpakstan

Surxondaryo viloyati Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirishga amaliy yordam berish uchun maʼsul etib belgilangan.
TOSHKENT, 22 apr - Sputnik. Toʻra Bolbolov boshchiligidagi Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot hizmati.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiDelegatsiya Surxandarinskoy oblasti priyexala v Karakalpakstan

Delegatsiya Surxandarinskoy oblasti priyexala v Karakalpakstan
Delegatsiyani Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Murat Kamalov va Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev boshchiligida masʼullar kutib oldi. Delegatsiya aʼzolari ayni paytda Taxiatosh tumanida tashkil etilgan “Yoshlar bogʻi” faoliyati bilan tanishishdi.
Bugungi kunda Taxiatosh tumanida Surxon vohasi tadbirkorlari bank rahbarlari va mutasaddilardan iborat viloyat shtabi tuzilgan boʻlib, mahalliy mutasaddilar bilan birga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlar olib bormoqda.
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Taxiatosh tumanida surxondaryolik ilgʻor tadbirkorlar va fermer xoʻjaliklari ishtirokida tashkil etilgan ishlar va boʻlajak loyihalar bilan tanishdi.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiDeyatelnost shtaba Surxandarinskoy oblasti v Taxiatashe

Deyatelnost shtaba Surxandarinskoy oblasti v Taxiatashe
Maʼlumot uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirishga amaliy yordam berish uchun maʼsul etib - Surxondaryo viloyati belgilangan edi. Mahalliy rahbarlar va mutaxassislar hamkorligida 2022-2024 yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejasi ishlab chiqilgan.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiDeyatelnost shtaba Surxandarinskoy oblasti v Taxiatashe

Deyatelnost shtaba Surxandarinskoy oblasti v Taxiatashe