"Vaqf" fondi Ramazon oyining boshidan buyon qancha xayriya tarqatgani ma’lum bo‘ldi

© Fond "Vakf"Fond "Vakf" materialnaya pomosh
Fond Vakf materialnaya pomosh  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna bo‘lish
“Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida "Vaqf" fondi Ramazon oyining boshidan buyon 910 million so‘mlik xayriya tarqatdi.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyining uchinchi haftasida amalga oshirilgan xayriyalar miqdori ma’lum qilindi.
"Ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nochor fuqarolar shuningdek, boquvchisi yo‘q oila hamda nogironligi bor bo‘lgan aholi vakillarini moddiy qo‘llab quvvatlash va ularni zaruriy oziq-ovqatlar bilan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda", - deyilgan xabarda.
Jumladan, “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida quyidagilar tarqatildi:
1000ga yaqin xonadonlarga 210 380 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari;
128 nafari moddiy ko‘makka muhtoj xonadonlar va nogironligi bor bo‘lgan aholi vakillaridan 149 300 000 so‘mlik pul mablag‘lari;
Oy boshidan hozirgacha esa: 4500ga yayaqin xonadonlarga 918 270 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 423 nafar moddiy ko‘makka muhtoj shaxslarga esa 570 950 000 so‘mlik pul mablag‘lari xayriya qilindi.
Yangiliklar lentasi
0