https://sputniknews-uz.com/20220422/yana-tort-hududda-innovatsion-texnopark-tashkil-etish-rejalashtirilmoqda-24142379.html
Yana toʻrt hududda innovatsion texnopark tashkil etish rejalashtirilmoqda
Yana toʻrt hududda innovatsion texnopark tashkil etish rejalashtirilmoqda
Loyiha mahalliy byudjet hamda Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. 22.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-22T14:07+0500
2022-04-22T14:07+0500
2022-04-22T14:07+0500
madaniyat
axborot texnologiyalari (it)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1208/12/12081230_0:103:1000:666_1920x0_80_0_0_edebeb1187cf8bf32c16755619eb0410.jpg
TOSHKENT, 22 apr - Sputnik. Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki 2023-2026 yillarda Namangan, Buxoro, Jizzax va Nukus shaharlarida ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylagan qarori loyihasida aytib oʻtilgan. Qaror loyihasiga koʻra, tashkil etiladigan texnoparklarda 8 ta startap akselerator, 4 ta biznes inkubator, 4 ta ishlab chiqarish maydonlari, 12 ta kovorking markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi.Loyiha mahalliy byudjet hamda Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.Texnoparklarni qurilish va jihozlash xarajatlarining 90 foizi Oʻzbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, 10 foizi Qoraqalpogʻiston respublika byudjeti va tegishli viloyatlar mahalliy budjetining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.Texnoparklarga har yili “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida ajratiladigan mablagʻlarning 30 foizdan kam boʻlmagan miqdori startap loyihalarni eʼlon qilish, koʻrib chiqish, tanlab olish va muvaffaqiyatli loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1208/12/12081230_112:0:1000:666_1920x0_80_0_0_aaed9b04f0bab1a7d5b282f8f5aa4697.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
axborot texnologiyalari (it)
Yana toʻrt hududda innovatsion texnopark tashkil etish rejalashtirilmoqda
Loyiha mahalliy byudjet hamda Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
TOSHKENT, 22 apr - Sputnik. Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki 2023-2026 yillarda Namangan, Buxoro, Jizzax va Nukus shaharlarida ham bosqichma-bosqich tashkil
etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylagan qarori
loyihasida aytib oʻtilgan.
Qaror loyihasiga koʻra, tashkil etiladigan texnoparklarda 8 ta startap akselerator, 4 ta biznes inkubator, 4 ta ishlab chiqarish maydonlari, 12 ta kovorking markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi.
Loyiha mahalliy byudjet hamda Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, texnoparklar rezidentlari innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Oʻzbekiston hududi doirasida eksterritoriallik printsipi asosida joylashtiriladi.
Texnoparklarni qurilish va jihozlash xarajatlarining 90 foizi Oʻzbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, 10 foizi Qoraqalpogʻiston respublika byudjeti va tegishli viloyatlar mahalliy budjetining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Texnoparklarga har yili “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida ajratiladigan mablagʻlarning 30 foizdan kam boʻlmagan miqdori startap loyihalarni eʼlon qilish, koʻrib chiqish, tanlab olish va muvaffaqiyatli loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.