Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Ukrainada Rossiyaga qarshi fitna tayyorlamoqda - video

© Sputnik / Aleksey KudenkoBrifing ministerstva oboroni RF po biologicheskomu orujiyu
Brifing ministerstva oboroni RF po biologicheskomu orujiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyani qoralashdan asl maqsad - BMT xavfsizlik Kengashi a’zolari va Rossiyani qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar, ayniqsa Hindiston va Xitoyga qarshi bosim o‘tkazish
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. AQSh Rossiyani ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishda ayblash maqsadida, Ukraina hududida kimoviy, biologik yoki kuchli bo‘lmagan yadroviy qurol yordamida fitna tayyorlamoqda, dedi Rossiya MVning radiatsiya, kimoviy va biologik xavflardan himoya kuchlari (RXBZ) boshlig‘i Igor Kirillov.
"Ushbu reja Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyalarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlariga javob sifatida allaqachon ishlab chiqilgan ", dedi u.

Bunday fitnaning 3ta senariysi bor:

"Birinchisi — Ukraina kuchlari tomnidna begona bayroq ostida sahnalashtirilgan operatsiya — buning ehtimoli eng katta", - dedi general.
Fitna Xarkov yoki Kiyevdagi kimoviy va biologik obyektlarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda aholi o‘rtasida qurbonlar bilan kimoviy va biologik qurollarning haqiqiy qo‘llanilishi yoki Rossiya tomonidan “sabotaj” ning dramatizatsiyasi haqida gapirishi mumkin.
Fitna yadroviy energiya obyektlarida ham yushtirilishi mumkin. Bu Zaporojyedagi atom elektr stansiyasi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Kamenskiy (Dnepropetrovsk viloyati) sobiq Pridnestrovskiy kimyo zavodida radioaktiv chiqindilar omboriga zarba berish mumkin.
Ikkinchi variant — "maksimal maxfiylikda qo‘shinlar irodasini va qarshilik qobiliyatini bostirish maqsadida kichik quvvatli ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanish mumkin", deya davom etdi general. Ushbu ssenariy Mariupoldagi “Azovstal” zavodida qo‘llanilishi kerak edi, lekin Vladimir Putinning hejumni bekor qilish buyrug‘i buni amalga oshirish rejalarini buzdi.
Uchinchi versiya - "oddiy qurollar bilan muvaffaqiyatga erisha olmagan taqdirda, ommaviy qirg‘in qurollarini ochiqdan-ochiq ishlatish, ehtimol, jang maydonida”, dedi Kirillov.
Ushbu ssenariyni amalga oshirish maqsadida Slavansk va Kramatorsk qal’a shaharlarga aylantirildi, deya tushuntirdi general.
AQSh tomonidan kimoviy quroldan foydalanishni sahnalashtirish tashkil ehtimoli - Ukrainaga zaharli moddalar va antidotlar olib kelish miqdori keskin oshgani haqidagi faktlar bilan tasdiqlanadi.
Yil boshidan buyon 220 mingdan ziyod atropin ampulalari olib kelingan. Kirillov aytishiga ko‘ra, bu nerv-paralitik zaharli moddalar yordamida provokatsiya tayyorlashning aniq dalili bo‘lishi mumkin.

Kimoviy qurol kimda?

RXBZ qo‘shinlari boshlig‘i Rossiya o‘zining kimoviy arsenalini 2017-yilda to‘liq yo‘q qilganini esladi, buni OZXO ham tasdiqlagan. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar kimoviy qurollar bo‘yicha konvensiyaning yagona ishtirokchisi bo‘lib qolmoqda. Ularda hali ham kimoviy urush qurollarining ulkan zaxiralari bor.
Bundan tashqari, AQSh davlat departamenti (OZXOning yagona ishtirokchisi sifatida) ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llash holatlarini tekshirish tartibini o‘ziga qulay ravishda belgilab qo‘ygan. Natijada kimoviy qurol aralashuvi oqibatida sodir bo‘lgan hodisalarni tekshirishda dalillarni yashirish va Suriyada bo‘lgani kabi, istagan tomonni jinoyatchi deb e’lon qilish mumkin.
Biologik qurollardan foydalanishni tekshirish esa BMT Bosh kotibining sanksiyasi bilan amalga oshiriladi. Ekspertlar guruhi ham bosh kotib tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi.
Rossiyaning Ommaviy qirg‘in quroli (OQQ) qo‘llashda ayblashdan maqsad nima? Maqsad BMT xavfsizlik Kengashi a’zolarini, xalqaro tashkilotlar va Rossiyani qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar, ayniqsa Hindiston va Xitoyga qarshi bosim o‘tkazish", — deydi Kirillov.
RXBZ qo‘shinlari boshlig‘i, shuningdek, Rossiya 2017da o‘zining kimoviy arsenalini butunlay yo‘q qilganini eslatdi. AQSh esa - kimoviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiyaning yagona ishtirokchisi bo‘lib qolmoqda.
General Markaziy razvedka boshqarmasi direktorining Rossiyaning Ukrainada taktik yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi bayonotini absurd deb atadi. Uning qayd etishicha, yadroviy sinovlarni monitoring qilish xalqaro tizimining texnik jihozlanishining hozirgi darajasi bilan bu turdagi qurollardan foydalanishni yashirib bo‘lmaydi. “Agar Markaziy razvedka boshqarmasi direktori buni tushunmasa, demak u yo noprofessional yoki yolg‘on gapirayapti”, — deya qo‘shimcha qildi Kirillov.
Bundan tashqari, SSSRda biologik qurollarni yaratish 1972-yildayoq qonun bilan ta’qiqlangan va barcha harbiy dasturlar bekor qilingan edi. AQSh bo‘lsa – o‘z milliy qonunchiligida bunday ishlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi normalarni saqlab qolgan. Bugungi kunda Vashington nazorati ostida bo‘lgan 30ta mamlakatda ostida 336ta biologik laboratoriyalar mavjud. Bu albatta tashvish tug‘dirmasdan qolmaydi, deya ta’kidladi RHBZ qo‘shinlari boshlig‘i.

Suyuqlik sepuvchi dronlar

Kirillov aytishiga ko‘ra, 21-aprel kuni esa Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalariga ichida ko‘plab ampulalari bo‘lgan konteyner tashlandi, dedi general. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular portlaganda OZXOning ta’qiqlangan ro‘yxatirga kiritilmagan zaharli moddalar chiqishi rejalashtirilgan edi. Hozirda ampulalar tarkibi Mudofaa vazirligi laboratoriyasida tahlil qilinmoqda. Tekshiruv natijalari OZXO texnik kotibiyatiga yuboriladi.
Aytish joizki, Amerika Qo‘shma Shtatlari jahon tarixida ommaviy qirg‘in qurolining uch xil turini qo‘llagan yagona davlat bo‘lib qolmoqda, biroq bu jinoyatlarning barchasi xalqaro tashkilotlar tomonidan yetarlicha baholanmagan, dedi Kirillov.
“Shunday qilib, Kiyev rejimi Rossiya qo‘shinlarining maxsus harbiy operatsiyasini obro‘sizlantirishga urinib, Amerika ma’muriyatining taklifiga ko‘ra, yaqin kelajakda o‘n minglab ukrainaliklarning o‘limiga olib keladigan ssenariylarni amalga oshirishga qodir. Bu tinch aholiga ulkan zarar yetkazadi va ekologik hamda gumanitar falokatga olib keladi”, — deya xulosa qildi general.
Yangiliklar lentasi
0