Yevropa Rossiya gazisiz bir hafta ham yashay olmaydi - Medvedev

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGazodobivayushee predpriyatie kompanii «Ukrgazdobicha” vo Lvovskoy oblasti
Gazodobivayushee predpriyatie kompanii «Ukrgazdobicha” vo Lvovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi Rossiya gazi uchun sanksiyalarni buzmagan holda rublda to‘lov qilish yo‘llarini axtarmoqda. Omborlarda gaz zahiralari esa juda kam qolgan.
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiya gazisiz bir hafta ham yashay olmaydi.

"Biz yevropalik hamkorlarimizning o‘z so‘ziga sodiqligini va prinsipialligini qadrlaymiz. XVJning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa bizning gazimizsiz "olti oydan ortiq" vaqt davomida yashay olishi mumkin ekan. Aslida esa jiddiy aytadigan bo‘lsak - bir hafta ham yashay olmaydi", - deb yozadi Medvedev o‘zining Telegram kanalida.

Biroz oldin Yevropa komissiyasi ittifoq mamlakatlariga gaz uchun to‘lovni amalga oshirish mexanizmi haqida ma’lumot tarqatgan edi. Unda aytilishiga ko‘ra, "Yevropa kompaniyalarida Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni buzmagan holda" gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirish imkoni bor".
"Lekin Rossiya prezidenti 31-mart kuni imzolagan farmoni jarayonga Markaziy bankni jalb etishni nazarda tutadi, Rossiya banki esa sanksiya ostida", - deyilgan YeIK bayonotida.
Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yevropa departamenti rahbari Alfred Kammer Franse Pressga bergan intervyusida, Yevropa olti oydan ortiq vaqt davomida Rossiya gazisiz yashashi mumkinligi haqida aytgan edi. Undan so‘ng esa "Yevropa iqtisodi bunday qadamning salbiy oqibatlarini jiddiy his qiladi".
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh va G‘arb davlatlari Rossiyaning 300 mlrd. dollarlik valyuta zaxiralarini muzlatib qo‘ygan va valyuta operatsiyalarini ta’qiqlovchi cheklovlar kiritgan edi. Bunday vaziyatda Rossiya o‘z gazi uchun pul olsada, undan foydalana olmas edi. Shu sababli Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart 23 kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan barcha davlatlarga tabiiy gazni faqat rublda sotishni belgilovchi farmon qabul qildi.
Ushbu tartib 1-apreldan boshlab kuchga kirdi va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gaz yetkazib berilmaydi va bu sherik mamlakatlar tomonidan gaz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik deb hisoblanadi.
Gazprombank xorijiy xaridorlar bilan hisob kitob qilish uchun maxsus valyuta va rubl hisob raqamlari ochgan. Bunda mijoz shartnomada ko‘rsatilgan valyutada hisob raqamiga to‘lovni amalga oshiriadi, bank esa uni Moskva birjasida valyutani sotib, xaridor hisob raqamiga rublda mablag‘ kirim qiladi. Shu tarzda xaridor gaz yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0