Shimoliy va cho‘l hududlarda bugun yog‘ingarchilik kutiladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishDojd v Moskve
Dojd v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2022
Obuna bo‘lish
Boshqa viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati joylarda +23 +28 daraja iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Shimoliy va ayrim cho‘l hududlarida bugun yog‘ingarchilik kutiladi, deb xabar qilmoqda Uzb_Meteo.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyati ayrim hududlari va kunning ikkinchi yarmida tog‘li hududlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik bo‘lishini ma’lum qilishdi. Yog‘inlar chaqmoq-momaqaldiroq xususiyatga ega va tabiiyki, ulardan ko‘plab hududlarda jadal yog‘inlar kuzatilishi mumkin.
Boshqa viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati joylarda +23 +28 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 24-25 aprel kunlari respublikaning deyarli barchi viloyatlarida tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va sel kelishi ehtimoli borligi haqida ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0