Dunyoda

Argentina TIV: Rossiyaga qarshi sanktsiyalar samarasiz

© Sputnik / Maria Plotnikova / Mediabankka oʻtishBuenos-Ayres
Buenos-Ayres - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Argentina tashqi ishlar vaziri Rossiyaga qarshi sanktsiyalar Ukrainadagi mojaroni hal etishning samarali usuli deb hisoblamaydi.
TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Argentina hukumati Rossiyaga qarshi sanktsiyalar Ukrainadagi mojaroni hal etishning samarali usuli deb hisoblamaydi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Santyago Kafero “ El Intransigente” gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Argentina taklif qilayotgan narsa bu muloqatga qaytish, vaziyatni tinch tartibga solish. Biz, ochigʻini aytsak, sanktsiya kiritish yoki taqiqlar samarali boʻlishiga ishonmaymiz”, - dedi u.
Shu bilan birga, vazir Argentinaning sanktsiya kiritish uchun yuridik mexanizmlari yoʻqligini maʼlum qildi.
“Argentinaning bugun bir tomonlama sanktsiya kiritish uchun meʼyoriy-huquqiy bazasi yoʻq. Haqiqatdan bunga toʻsqinlik qiluvchi qonun mavjud”, - dedi Kafero.
Xitoy rahbari bir tomonlama sanktsiyalarga qarshi chiqdi
Yangiliklar lentasi
0