Iqtisod

Mikromoliya tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatishi mumkin

© Foto : pexels.com/Mikhail NilovJenskiye ruki i kalkulyator
Jenskiye ruki i kalkulyator - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilotlari hisoblanadi.
TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda endi nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatishi mumkin. Bu prezident imzolagan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunda nazarda tutilgan.
Qonunga koʻra, mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilotlari hisoblanadi.
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln soʻmgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Lombardlar garov evaziga qisqa muddatli (1 yilgacha) mikroqarzlar (50 mln soʻmgacha) beradi.
Nobank kredit tashkilotlari ishlab chiqarish, sugʻurta, savdo faoliyatini amalga oshirishga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga haqli emas.
Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati tegishli reyestrlarga kiritish vositasida hisob roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradi.
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar

Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar – islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0