Sport

OʻzMTRK futbol boʻyicha Jahon chempionatini namoyish etish huquqini sotib oldi

© AP Photo / Darko BandicChempionat mira po futbolu v Katare
Chempionat mira po futbolu v Katare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qatarda 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha boʻlib oʻtadigan jahon chempionati translyatsiyasi huquqini OʻzMTRK sotib oldi.
TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (OʻzMTRK) futbol boʻyicha Jahon chempionati-2022 musobaqalarini mamlakatda namoyish etish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu haqda “Sport” telekanali ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qilindi.
“Futbol olamining eng yirik musobaqasi, Qatar yashil maydonlarida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati translyatsiyasi huquqini OʻzMTRK qoʻlga kiritdi! 32 ta terma jamoa, 64 ta uchrashuv. Barchasini “Sport” TV orqali kuzatib boring!”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Qatarda 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha futbol boʻyicha Jahon chempionati boʻlib oʻtadi. 2018 yili Rossiyada boʻlib oʻtgan mundialda Frantsiya terma jamoasi jahon chempionligini qoʻlga kiritgan edi.
Jahon chempionati-2022 rasmiy toʻpi namoyish etildi – foto
Yangiliklar lentasi
0