Jamiyat

Peterburgda bir guruh oʻzbekistonlik talabalar minnatdorlik yorliqlari bilan taqdirlandi

© Foto: "Dunyo" AASankt-Peterburgda oʻzbekistonlik talabalar minnatdorlik yorliqlari bilan taqdirlandi
Sankt-Peterburgda oʻzbekistonlik talabalar minnatdorlik yorliqlari bilan taqdirlandi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Talabalar Sankt-Peterburg shahri va Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlanishgan.
TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Sankt-Peterburg shahridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan bir guruh oʻzbekistonlik talabalarni mazkur shahar Tashqi aloqalar qoʻmitasi minnatdorlik yorliqlari bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Mamlakat Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, Sankt-Peterburg shahar hukumati binosida minnatdorlik yorliqlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtgan. Tashakkurnomalarni Sankt-Peterburg shahar tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi Yevgeniy Grigoryev tantanali tarzda topshirgan.
Qayd etilishicha, minnatdorlik yorliqlari Sankt-Peterburg davlat universiteti talabalari Sarvarbek Mamajonov, Shokir Bobojonov , Sankt-Peterburg davlat oʻrmon hoʻjaligi universiteti talabasi Temur Yusupov va Gertsen nomidagi Sankt-Peterburg davlat pedagogika universiteti talabasi Alisher Tursunpoʻlatovga Sankt-Peterburg shahri va Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi va ilmiy tadqiqot sohalarida oʻtkazilgan forum hamda konferentsiyalarda faol ishtiroki uchun taqdim etilgan.
Yevgeniy Grigoryev talabalarga Sankt-Peterburg va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni munosib davom ettirayotganligi uchun minnatdorlik bildirgan.
Rossiya OTMlarida oʻzbekistonlik talabalar soni yil sayin oshib bormoqda. Xususan 2019 yilda 32 ming nafar talaba tahsil olgan boʻlsa, 2022 yilda ularning soni 48 ming nafardan oshgan.
Oxirgi uch yilda Oʻzbekistonda Rossiya oliy oʻquv yurtlarining filiallari soni 4 tadan 14 taga koʻpaydi. Yana 9 tasi ochilish arafasida turibdi.
Yangiliklar lentasi
0