Siyosat

Sherzod Kudbiyev Fiskal institut rektori etib tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSherzod Kudbiyev – Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Respubliki Uzbekistan
Sherzod Kudbiyev – Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyevga institut rektorligi vazifasi yuklandi.
TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Sherzod Kudbiyev Fiskal institut rektori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.
“Hukumat qarori bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyevga Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut rektori vazifasini bajarish ham yuklandi”, - deyilgan xabarda.
Sherzod Kudbiyev 2020 yilning may oyidan buyon Soliq qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelmoqda.
Kudbiyev 1981 yilda tugʻilgan, Fargʻona politexnika institutini bitirgan. Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi boʻlgan. 2015−2016 yillarda Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
U 2018 yil aprel oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlangan, 2019 yilning avgust oyidan Oʻzbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi va 2019 yili yangi tashkil etilgan prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining direktori lavozimida mehnat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0