Sirdaryodan Forishga insonparvarlik koʻmagi joʻnatildi
12:02 24.04.2022 (yangilandi: 12:08 24.04.2022)
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligiSirdaryodan Forishga insonparvarlik koʻmagi joʻnatildi

© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Jizzax viloyatining bir nechta tumanlarida kuzatilgan kuchli yogʻingarchiliklar tufayli sel oqimlari yuzaga keldi. Tabiiy ofat ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obʼyektlari, ekin maydonlariga zarar yetkazdi.
Forish tumanining Egizbuloq mahallasi seldan eng koʻp jabr koʻrgan. Hozir u yerda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi

1/4
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi

2/4
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi

3/4
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi

4/4
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi
1/4
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi
2/4
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi
3/4
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi
4/4
© Foto: Jizzax viloyati hokimligi
Egizbuloq mahallasiga viloyatdagi barcha tumanlar, viloyat va tuman korxona, tashkilot, muassasalari, mahallalardan gumanitar yordam kelishi davom etmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyati aholisi jabr koʻrgan Forish xalqiga turli oziq-ovqat mahsulotlari, koʻrpa-toʻshak jamlanmasidan iborat insonparvarlik yordami joʻnatgan.
“Xalqimiz azal-azaldan bunday ogʻir kunlarni jipslashib, ahillik va hamjihatlik bilan yengib oʻtgan. Bunga Sardoba suv omborida yuzaga kelgan koʻngilsiz sharoitda ham guvoh boʻlganmiz. Oʻshanda bu insoniylik qadriyatlarimiz yanada keng quloch yoyib, barcha yoʻllar yurtdoshlarimizni, birinchilardan boʻlib olijanob jizzaxliklarni ham Sirdaryo tomon eltgandi”, — deyiladi Sirdaryo viloyati hokimligi xabarida.
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlari, kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak, qurilish materiallaridan iborat gumanitar yordam mahalladagi 15-umumtaʼlim maktabiga toʻplanib, seldan talofat koʻrgan mahalla aholisiga yetkazib berilyapti.
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

1/3
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

2/3
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

3/3
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
1/3
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
2/3
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
3/3
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Eslatib oʻtamiz, 20 aprel kuni Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, Gʻallaorol va SH.Rashidov tumanlarida kuzatilgan sel oqibatida besh kishi qurbon boʻlgan.
Sel oqimi Forishdagi Egizbuloq mahallasida joylashgan 260 ta xoʻjalikdan oʻtgan. Ularning 53 tasi toʻliq talofat koʻrgan, 44 tasi oʻrta va 163 tasi yengil darajada talofat koʻrgan. Sel hududdagi 15-maktab va 9-bogʻcha hududiga ham kirgan.