https://oz.sputniknews-uz.com/20220424/soch-tokilishini-qanday-toxtatish-mumkin-24169562.html
Soch toʻkilishini qanday toʻxtatish mumkin
Soch toʻkilishini qanday toʻxtatish mumkin
Soch parvarishida ayrim qoidalarga amal qilish lozim. Sochni sovun bilan yuvish mumkin emas.
2022-04-24T21:57+0500
2022-04-24T21:57+0500
2022-04-24T21:57+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/1c/15887164_0:27:3069:1753_1920x0_80_0_0_84ca3b501c719e838fce58e8985ac62a.jpg
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari Ilhom Rahimov soch toʻkilishining oldini olish uchun nima qilish kerakligini aytdi.Shifokorning soʻzlariga koʻra, buning uchun, avvalo, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish va toʻgʻri ovqatlanish zarur. Sochlarning toʻkilish muammosini maxsus shampun, vitamin-mineralli komplekslar va shu kabi qoʻshimcha vositalar yordamida hal qilish ijobiy samara berishini unutmaslik zarur.Chunki soch parvarishiga taalluqli baʼzi vositalar tarkibida foydali va parvarishlovchi komponentlar mavjud va ular sochlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Zarur boʻlgan moddalar yetishmovchiligini toʻldirib, follikulalarning oziqlanishini yaxshilaydi.Soch parvarishida quyidagilarga amal qilish lozim:Rahimov sochni sovun bilan yuvish mumkin emasligini eslatgan. Chunki sovun toladagi suv-lipid qavatini yoʻqotadi va zararlaydi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/1c/15887164_157:0:2888:2048_1920x0_80_0_0_882530bd263cae3a5ef472f24b1134c2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Soch toʻkilishini qanday toʻxtatish mumkin
Shifokorning soʻzlariga koʻra, avvalo, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish va toʻgʻri ovqatlanish zarur.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari Ilhom Rahimov soch toʻkilishining oldini olish uchun nima qilish kerakligini aytdi.
Shifokorning
soʻzlariga koʻra, buning uchun, avvalo, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish va toʻgʻri ovqatlanish zarur. Sochlarning toʻkilish muammosini maxsus shampun, vitamin-mineralli komplekslar va shu kabi qoʻshimcha vositalar yordamida hal qilish ijobiy samara berishini unutmaslik zarur.
Chunki soch parvarishiga taalluqli baʼzi vositalar tarkibida foydali va parvarishlovchi komponentlar mavjud va ular sochlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Zarur boʻlgan moddalar yetishmovchiligini toʻldirib, follikulalarning oziqlanishini yaxshilaydi.
Soch parvarishida quyidagilarga amal qilish lozim:
sochni yuvayotganda suv harorati 35-45 daraja iliq boʻlishi kerak. Soch qanchalik yogʻli boʻlsa, suv harorati nisbatan pastroq boʻlishi zarur;
shampunni soch turiga qarab tanlash maqsadga muvofiq;
soch tarashga eʼtibor berish zarur. Kalta sochlar ildizidan, uzun sochlar pastki qismidan boshlab taraladi;
soch quritkichini tez-tez qoʻllash tavsiya etilmaydi. Uni boshdan 40 santimetr uzoqlikda ushlab — “sovuq quritish” lozim.
Rahimov sochni sovun bilan yuvish mumkin emasligini eslatgan. Chunki sovun toladagi suv-lipid qavatini yoʻqotadi va zararlaydi.