Jamiyat

Test sinovlari uchun toʻlov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

© SputnikSdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezidentning tegishli farmoni bilan yana ikki toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun toʻlovdan ozod etilgan.
TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovi uchun toʻlov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Oʻqishni test oʻtkazilayotgan yili tugatgan abituriyentlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilaridan bunday toʻlov undirilmaydi.
Prezidentning 2022 yil 20 apreldagi PF-113-son farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun toʻlovdan ozod etilgan:
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
"yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar.
2022 yil 1 iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun toʻlov undirilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0