Buxorodan ko‘ra qadimiyroq Varaxsha majmuasi turizm manziliga aylantiriladi

Obuna bo‘lish
Buxoroning turizm yo‘nalishi Varaxsha va Qizbibi ayollar xonaqosi yodgorliklari bilan kengaytirilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Buxoroga kelayotgan sayyohlarning safar yo‘nalishini yanada kengaytirish, ularni Varaxsha arxeologik yodgorliklari bilan batafsil tanishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Viloyat hokimi Botir Zaripov viloyat markazidan 45 km uzoqlikda joylashgan, Jondor tumanidagi Varaxsha arxeologik yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi.
Aytilishicha, hokim Varaxsha tarixini ilmiy asoslangan holda chuqur o‘rganish, ajdodlarning asl o‘tmishi haqida ma’lumotlarni to‘plash va yosh avlodga singdirish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish kerakligini qayd etdi.
Shuningdek, Qizbibi yoki Og‘oyi Buzruk ayollar xonaqosi yodgorliklarini obodonlashtirish, sayyohlarni jalb qilish uchun ushbu majmuani keng targ‘ib etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot uchun, ushbu majmua Buxorodan ko‘ra qadimiyroq tarixga ega. Varaxsha undan 45 km shimoli-g‘arbda, Dashti Urganji ko‘lining qadimgi Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha vayronalarining umumiy hududi 9 gektar maydonni egallalaydi. Uning balandligi 10-20 metrli katta tepalik shaklida saqlanib qolgan.
Varaxsha saroyi freskalarini tadqiq qilish, shahar eramizning V asridan 11-asriga qadar bor bo‘lganini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ham Varaxsha xarobalarida arxeologik qazishma, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Olimlarning taxminicha, Varaxshadagi hayot mintaqada suvning yetishmasligi tufayli to‘xtab qolgan. Qachonlardir esa bu yer Buxoroga barobar joy bo‘lgan.
© Foto: Buxoro viloyati hokimligiQadimiy Varaxsha yodgorligi
Qadimiy Varaxsha yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
1/6
Qadimiy Varaxsha yodgorligi
© Foto: Buxoro viloyati hokimligiQadimiy Varaxsha yodgorligi
Qadimiy Varaxsha yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
2/6
Qadimiy Varaxsha yodgorligi
© Foto: Buxoro viloyati hokimligiQadimiy Varaxsha yodgorligi
Qadimiy Varaxsha yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
3/6
Qadimiy Varaxsha yodgorligi
© Foto: Buxoro viloyati hokimligiQadimiy Varaxsha yodgorligi
Qadimiy Varaxsha yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
4/6
Qadimiy Varaxsha yodgorligi
© Foto: Buxoro viloyati hokimligiQadimiy Varaxsha yodgorligi
Qadimiy Varaxsha yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
5/6
Qadimiy Varaxsha yodgorligi
© Foto: Buxoro viloyati hokimligiQadimiy Varaxsha yodgorligi
Qadimiy Varaxsha yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
6/6
Qadimiy Varaxsha yodgorligi
Yangiliklar lentasi
0