Video

Choʻldagi moʻʼjiza: ulkan “Uzbekistan GTL” zavodi qanday ishlaydi – video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Uzbekistan GTL” zavodi oʻtgan yil oxirida ishga tushdi va u allaqachon sanoat olamida shov-shuvga aylandi. Dunyoda yangi Oʻzbekistonning mazkur majmuasiga oʻxshash atigi toʻrtta korxona bor.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan oʻzi "Uzbekistan GTL"ning ochilishiga tashrif buyurdi.
Gigant zavodda dunyoning turli mamlakatlaridan 10 ming dona jihozlar mavjud. Korxona yiliga 3,6 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Zavodda qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan suyuq sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʻlib, bu yerda qoʻshimcha ravishda 307 ming tonna samolyot yoqilgʻisi, 724 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.
Shuningdek, zavod yiliga 380 ming tonna poliyetilen va polipropilen ishlab chiqaradi.
Loyiha Rossiyaning “Gazprombank” OAJ, “Rotseximbank” OAJ, Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurtalash agentligi (EXIAR) kabi Rossiya tuzilmalari tomonidan moliyalashtirildi.
"Uzbekistan GTL"ning umumiy qiymati 3,42 milliard dollarni tashkil etdi. Ayni paytda mamlakatida dizel yoqilgʻisi va kerosin ishlab chiqaradigan ikkita zavod bor: Fargʻona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari. Yangi "Uzbekistan GTL"ning ishga tushirilishi bu taqchillikni qoplaydi.
Sputnik muxbiri yaqinda ochilgan "Uzbekistan GTL" zavodida boʻlib, aynan nima uchun bu majmua noyobligi, qanday texnologiyalar qoʻllanilayotgani va Oʻzbekistonga bunday zavod nima uchun umuman kerakligi haqida aniq maʼlumotga ega boʻldi – videomizda batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0