Dehqonobodda qo‘ng‘ir ayiqlar uyasidan chiqdi - foto

Obuna bo‘lish
Mahalliy aholi qo‘ng‘ir ayiq va uning 2 ta bolasini suratga oldi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining tog‘li hududida "Qizil kitob"ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
© Foto: Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
Dehqonoboddagi qo‘ng‘ir ayiqlar - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Foto: Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
Dehqonoboddagi qo‘ng‘ir ayiqlar - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Ma’lum qilinishicha, tumanning "Terakli" MFY hududida ayiq va uning 2 ta bolasini mahalliy aholi suratga olgan.
Ma’lumot uchun, qo‘ng‘ir ayiqni asosan Hisor, Chotqol, Zomin qo‘riqxonalarida uchratish mumkin. Ular mart-oktabrda ko‘pincha ertalab va kechki paytlari faol, uyalariga berkinadi va o‘sha yerda qishlaydi.
Bolalari mart-aprelda uyasidan chiqadi. Ular mevalar, ildizlar, ba’zan sutemizuvchilar, hasharotlar, o‘laksalar bilan oziqlanadi.
Ayiqlar 30-yilgacha yashaydi. Asosan brakonyerlar tomonidan ovlanishi oqibatida soni keskin kamayib ketmoqda. Ularni ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy bog‘larda muhofaza ostiga olingan.
Yangiliklar lentasi
0