“Digital Holding” O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yagona tibbiy ma’lumotlar bazasi va integratsiyalashgan axborot tizimlari majmuasini 2025-yilga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. “Digital Holding”, MegaFon va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi IT-MEDkompaniyasi sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi. Tomonlar memorandumni “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida imzolashdi.

“Zamonaviy raqamli texnologiyalar tibbiy muassasalar xodimlarini kundalik ishlarning bir qismini bajarish majburiyatidan xalos etish orqali nafaqat jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va avtomatlashtirishga, balki xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi”, - deydi “Digital Holding” bosh direktori Andrey Maygur.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bu kabi loyihalarni boshqa mamlakatlarda amalga oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Shu bois O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini kuchaytirishda o‘z imkoniyatlari taklif etishga tayyor.

“O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash qamrovi tobora kengaymoqda. Sog‘liqni saqlash sohasining bemorga yo‘naltirilgan raqamlashuvini qurish birinchi navbatda aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga, shuningdek, boshqaruv jarayonini soddalashtirishga yordam beradi. “Digital Holding” raqamli yechimlari kasalliklarning oldini olish va davolashda muvaffaqiyatliroq natijalarga erishishni ko‘zda tutadi", — deydi IT-MED direktori Artur Hakimov.

O‘zbekistonda yagona tibbiy ma’lumotlar bazasi va integratsiyalashgan axborot tizimlari majmuasini 2025-yilga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda. Teletibbiyot konsultatsiyalari uchun yechimlar ishlab chiqish va elektron retseptlar platformasini ishga tushirishdan tashqari tomonlar harakatlari tibbiy sug‘urtalar fondi mablag‘laridan foydalanishni osonlashtiri va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilishga yordam beruvchi axborot tizimlarini rivojlantirishga qaratiladi.

Tibbiy muassasalar mijozlarini elektron tibbiy kartalari va shifokor ko‘rigiga onlayn yozilish xizmatlari, laboratoriya tadqiqotlari haqida sms va e-mail orqali xabardor qilish tartibiga o‘tish kutmoqda.

Hamkorlik doirasida, shuningdek, tez tibbiy yordam xodimlari uchun dispetcherlar hamda brigadalar orasida audio va videoyozuv hamda shifokorlarga tezkor sms-xabarnoma yuborish xizmatlariga ega tizimni modellashtirish rejalashtirilmoqda.

Digital Holding— Rossiyaning "USM Telecom" hamda O‘zbekiston hukumatining qo‘shma korxonasi. QK tarkibiga Ucell telekom-operatori, New Solutions (ilgari – ICS Holding Uzbekistan) va CRPT Turon ham kiradi.
QK faoliyati O‘zbekiston Respublikasida xalqaro standartlarga muvofiq raqamli infrastrukturani shakllantirish hisobiga telekommunikatsiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va sifatini oshirishga, shuningdek, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, raqamli markirovka va alohida tovar turlari harakatini nazorat qilish sohalarida ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0