“Dunyo hali bunday xatarni ko‘rmagandi”: Donald Tramp nimadan qo‘rqadi?

© AFP 2023 / Saul LoebDonald Tramp vo vremya vistupleniya v Xantingtone, SShA
Donald Tramp vo vremya vistupleniya v Xantingtone, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Heritage Foundationda nutq so‘zlarkan, AQShning sobiq prezidenti vatandoshlariga mamlakat tarixidagi eng xavfli davrda yashayotganini aytdi.
Aslida Donald Tramp nimadan qo‘rqadi? Ajablanarlisi, birinchi navbatda o‘z vatandoshlaridan - Vashington rejimini ochiqchasiga Ukraina hududidagi mojaroga aralashishga da’vat qilayotganlardan, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.
Maxsus operatsiyaning yangi bosqichi Rossiyaning Ukraina muammosini hal etishda qat’iyatini namoyon qildi. Ukrainaning G‘arbdan qurol bilan ta’minlanishi ham yordam bermayapti. G‘arbning jasur mutaxassislari ham qutqara olmayapti, ular ommaviy halok bo‘lyapti, qochapti yoki asirlikka olinyapti keyin esa, kameraga ularni tushunishmaganini aytib achinarli yig‘lashapti. Qisqasini aytganda, Rossiya g‘alaba qozonmoqda. Nima ham qilish kerak?
Amerika siyosatining kamgina sodiq ovozlari amerikaliklar uchun bu ishdan voz kechish va o‘z muammolari bilan shug‘ullanish vaqti kelganligini aytmoqda. Muammolar aslida, juda ko‘p va ularning Ukrainaga hech qanday aloqasi yo‘q. Amerika xalqi Buyuk Depressiyadan beri tarixda kuzatilmagan darajada qashshoqlashmoqda.
Biroq, mahalliy OAV deyarli butunlay neokonservator-qirg‘iylar tomonidan ishg‘ol qilingan. Va allaqachon global apokalipsis haqidagi shahvoniy orzularga sho‘ng‘ib ketgan. “Armageddon sehrgarlari” - urush qilishni yoqlaydigan ashaddiy jangchilarni shunday chaqirishadi
Neokonservatorlarning fikrlariga ko‘ra, Ukrainadagi maxsus operatsiyaning natijasi Amerika gegemoniyasi uchun ekzistensial ahamiyatga ega. Xuddi “yo Rossiya, yo AQSh” kabi . Qo‘shma Shtatlar uchun yagona maqbul natija faqat Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadan to‘liq chekinishi, Qrim va Donbassning qaytarilishi bo‘lishi mumkin. Busiz hech qanday muzokaralar bo‘lmaydi.
Agarda, ularning fikricha, Rossiya maxsus operatsiyasini muvaffaqiyatli tugatsa, bu Vashingtonning batamom yutqazganini anglatadi. Afg‘onistondagi qochqindan keyin Amerika davlati harbiy qudrati haqida dunyoning xomxayollari bo‘lishi mumkin edi. AQSh Ukrainani to‘kib tashlagandan so‘ng, bu xom xayollar ham tugaydi.
Beixtiyor savol paydo bo‘ladi. Xo‘p shunday bo‘lsa, nimasi yomon? Harbiy to‘qnashuvlarni alangalatish, ularga aralashish, keyin esa sharmandalarcha qochib ketish – Amerikaliklar uchun birinchi marta emas. Buni hech qanday hayratlanarli yeri yo‘q.
Mahalliy siyosatchilar har doim bahslashishadi va CNN va Washington Post propogandachilari eng shov-shuvli har qanday mag‘lubiyatni ham g‘alaba sifatida ko‘rsatishni uddalashadi.
Ammo bugun Amerika siyosatchilarining tajovuzkor qanoti o‘z mamlakatlari gegemoniyasi zo‘rg‘a yashayotganini ko‘rib turibdi. Va shu sababli ular o‘zlari va atrofdagilarni Ukraina bo‘yicha so‘nggi hal qiluvchi zarbani berib hammasini ortga qaytarishga ishontirmoqda. Aslida, tarixiy trendlar bunday ishlamaydi. Va shunga qaramay, neokonservatorlar boshi gangib qolgan amerikaliklarni apokalipsisga tayyorlamoqda.
Avvaliga, ruslar "Makdonalds" va "Starbaks" ketgach, ko‘chaga chiqib, rejimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashadi va Davlat departamenti tomonidan ko‘rsatilgan birorta odamni qirollikka tayinlashga hayqirib chiqadi deb o‘ylashdi. O‘ta hayratlantiradigan soddalik, haqiqatan ham. Yo‘q, burger va qahva vundervaffega ish bermadi.
Buchadagi sahnalashtirilgan qabih kadrlar jahon hamjamiyati tomonidan sovuqqina kutib olindi. Amerikaliklarga Suriya davridan buyon ularning soxta xabarlaridan charchashganini juda yaxshi tushuntirib qo‘yishdi.
Demak, nima qilish kerak? Qarama-qarshilik shiddatini oshirish kerak. Hozir buni ishga tushirishning ikkita ssenariysi bor. Birinchisiga ko‘ra, Vashington baribir Ukrainaga harbiylarini jo‘natadi- va buni yuqori martabali siyosatchilar tobora ko‘proq talab qilyapti.
Ikkinchi ssenariyga ko‘ra, Amerika maxsus xizmatlari o‘zlarining ukrainalik bo‘linmalari yordamida Ukraina hududida qandaydir dahshatli provokatsiya uyushtiradi, keyin esa o‘z ommaviy axborot vositalarini hamma aybni Rossiyaga to‘nkashga majburlaydi. Tadbirlarning batafsil rejasi Foreign Affairs nashrida ma’lum qilingan. U “o‘ylab bo‘lmaydigan narsaga tayyorgarlik” deb nomlangan.
Provokatsiyalarga kimoviy, biologik yoki yadroviy qurol ham aralashtirilgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga Ukraina hududidagi barcha biologik qurollar Amerikaniki. Prezident Baydenning yaqin atrofidagi odamlar laboratoriyalar va eng xavfli patogenlar bilan tajribalar qilishga sarmoya kiritgan. Asosiy homiylar orasida uning o‘g‘li Xanter ham bor.
Kimoviy qurol bilan ham xuddi shunday voqea. Rossiyada u yo‘q. Ular “Kimoviy qurollarni taqiqlash va yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiya”ga muvofiq butunlay yo‘q qilingan. Ammo Qo‘shma Shtatlarda - Konvensiya ishtirokchilaridan tonnalab halokatli kimoviy moddalar hanuzgacha saqlanadishgan yagona davlat. Uning yo‘q qilinishi doimo tushunarsiz kechikishlar bilan davom etgan va muvaffaqiyatli koronavirus pandemiyasi bu jarayonni butunlay to‘xtatib qo‘ydi.
Yadro sizib chiqishi ehtimoli faqat Kiyev rejimi nazorati ostidagi atom stansiyalarida bor. Ya’ni, amerikaliklar qanday provokatsiya uyushtirmasin, bu ularning o‘z jinoyati ekanligi butun dunyoga ayon bo‘ladi.
Qaysidir bosqichda keskinlashuv Rossiyani qaror qabul qilish markazlariga zarba berishga majbur qilishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizning strategiyamizga kiritilgan, uni voqealarning butun mantig‘i belgilaydi. Ammo yo‘q, amerikalik peshanasi besh qarich tahlilchilarning fikricha, bu mutlaqo arzimas tahdid.
“Rossiya dahshatli yadroviy arsenalga ega bo‘lishi mumkin, ammo <…> Moskvaning undan foydalanish xavfi har doim juda ahamiyatsiz bo‘lib kelgan”, - deb vatandoshlariga tasalli beradi taniqli ekspert va Viktoriya Nulandning turmush o‘rtog‘i Robert Kagan.
Aynan Kagan kabi odamlar Donald Trampni qo‘rqitadi. U o‘z mamlakatini qayerga itarib yuborayotganini juda yaxshi sezib turibdi va amerikaliklarni Rossiya bilan qarama-qarshilik qanchalik halokatli bo‘lishidan ogohlantirishga harakat qilmoqda.
Biroq, bunda barcha murakkabliklar yuzaga chiqadi. Amerikada har qanday davlat mamlakatni yadro quroli bilan yo‘q qilishga harakat qilishi mumkinligi haqida gapirish mutlaq mumkin emas. Bu qo‘rquv, albatta, oddiy amerikaliklarni qiynaydi, lekin biroq u rasmiy axborot maydonidan butunlay chiqarib yuborilgan.
Shu sababli, AQShda zombi, o‘zga sayyoraliklar, vampirlarning bostirib kirishi haqida ko‘p o‘qishadi, ko‘p tomosha qilishadi. Amerika adabiyotining asosiy tirik klassiki Stiven Kingning klassik bo‘lishi ham tasodif emas. Bularning barchasi fuqarolarga yadroviy apokalipsisdan abadiy qo‘rquvdan xalos bo‘lish va nazorat qilish imkonini beradi.
Ammo dushman raketalaridan qanday himoya qilishni jamoat maydonida muhokama qilish- yo‘q. Shuning uchun Tramp juda ehtiyotkorlik bilan o‘z fikrlarini ifodalashga majbur. “Hozir “yadro” so‘zini shirinlik so‘zi kabi ishlatishmoqda”, - deydi u. “Bunday qilish mumkin emas”. Bu xohlagancha tahdid qilish mumkin bo‘lgan so‘z emas. Hech qachon bu haqida gapirishmagan. Juda katta muammo, juda xalokatli”.
Tramp Amerika jamoatchiligiga Rossiya u prezident bo‘lgan yillari maxsus operatsiyalar o‘tkazmaganinini ehtiyotkorlik bilan eslatib o‘tdi: “Eslang, Bush davrida Rossiya Gruziyani egallab oldi (Tramp Abxaziya va Janubiy Osetiyaning ozod etilishini nazarda tutgan edi), Obama davrida Qrimni egallashdi. Mening davrimda esa hech narsa, umuman hech narsa”, - deydi u.
Nima ham der edik. Adolatli fikr. Nega shunday bo‘ldi? Chunki Tramp Ukraina bilan munosabatlarini to‘xtatib qo‘ygan edi. Qurol yetkazib berish haqida qizg‘in gapirilmas edi. Donbass atrofida qo‘shinlar yig‘ilmagan edi. Provokatsiyalar bo‘lmagan davrlarda Moskva Minsk kelishuvlari ish berishiga umid qilar edi. Maxsus operatsiyaga ehtiyoj yo‘q edi.
Baydencha rejim bir yildayoq bu nozik muvozanatni yo‘q qildi. Natijada dunyo global urushga yaqin qoldi. Robert Kaganga o‘xshagan subyektlar esa uni tubsizlikka itarib yuborishga harakat qilyapti.
Mashhur konservativ publitsist Pat Byukenen ham Trampning fikrlarini keltirmoqda. Uning yangi maqolasi “Bizning asosiy maqsadimiz Rossiya bilan urushishdan qochish bo‘lishi kerak” deb nomlanadi. U amerikaliklarni o‘z-o‘zini himoya qilishga chaqirib, Amerika rahbarlari SSSR bilan ziddiyatlarni qanday chetlab o‘tishganini eslatib o‘tdi. “Ayk” Eyzenxauer sovetga qarshi namoyishlar paytida vengerlarni himoya qilmadi, Jon Kennedi Berlin devori qurilishiga indamadi, Lindon Jonson Praga bahori janglari paytida chexlarga yordam berish uchun qo‘shin yubormadi.
Afsuski, sog‘lom aql ovozi urush propagandasining nolasidan o‘tib ketishi juda qiyin. "Sarmat" qit’alararo raketasining uchirilishi kabi muhim voqealargina amerikaliklarning o‘z-o‘zini himoya qilish instinktini uyg‘otishi mumkin.
Rossiya kimnidir qo‘rqitayotgani uchun emas. Ma’lumki, Amerikaning mavjud raketaga qarshi mudofaa tizimlari hatto oldingi avlod qit’alararo ballistik raketalarni ham ushlab tura olmaydi. Ilmiy-texnikaviy rus tafakkurining durdona asari “Sarmat” ular uchun amalda daxlsizdir.
Bunday ssenariylarda har qanday eskalatsiya Amerika aholisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita tahdid soladi. Bunday vaziyatlarda qo‘zg‘atish kerak emas. “Armageddon sehrgarlari” o‘zlarining shafqatsiz orzulariga berilishni to‘xtatishi, ma’lumot maydonidan uzoqlashishi va oddiy odamlar uchun joy ochish vaqti keldi. Hech bo‘lmaganda Tramp kabi.
Yangiliklar lentasi
0