Farg‘onadan Sverdlovskka meva-sabzavot eksporti hajmi oshiriladi

© press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiVizit delegatsii Sverdlovskoy oblasti v Ferganu
Vizit delegatsii Sverdlovskoy oblasti v Ferganu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘onada Sverdlovsk viloyati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Farg‘onadan Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi oshadi, qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Alibek Tursunov Sverdlovsk viloyati agrosanoat majmui va iste’mol bozori vaziri Artom Baxterev bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini oshirish hamda turini ko‘paytirish masalalarini muhokama qilgan.
“Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini “Yashil yo‘lak” tizimi orqali soddalashtirilgan tartibda eksport qilish masalalari, bu tartibni yanada takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi”, - deyilgan xabarda.
Baxterev, ikki viloyat o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish maqsadida Sverdlovsk viloyatidan Farg‘onaga uzoq muddat saqlanuvchi sut mahsulotlari, sabzavot ekin urug‘lari, o‘simlik yog‘i, parrandachilik mahsulotlari, shuningdek zotli hayvon urug‘lari yetkazib berish imkoniyatlari haqida ma’lumot bergan.
Tomonlar shuningdek, veterinariya sohasida hamkorlik qilishga ham kelishib olishgan.
Rossiyalik mehmonlar tashrif dasturi doirasida viloyatdagi yirik meva-sabzavot klasterlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida, muzlatgichli meva-sabzavot saqlash omborlarida bo‘lishadi, sohada amalga oshirilgan yangi loyihalar bilan tanishadilar.
Yangiliklar lentasi
0