Jamiyat

Jizzaxda chigirtkalar tarqalishiga qarshi kurash boshlandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishNashestviye saranchi
Nashestviye saranchi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Zomindagi fermerlar, dexqonlar, choʻponlar, shuningdek, mahalliy aholi zararli chigirtkalarga qarshi kurash olib bormoqda.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Jizzax viloyatining 93 ming gektarida zararli chigirtkalar tarqalishiga qarshi kurash olib boriladi. Bu haqda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi xabar bermoqda.
Chigirtkalar ayni bahor mavsumida koʻpayishi qishloq xoʻjaligi uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Shu bois Jizzah viloyati Zomin tumanida zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy kurarshish tadbirlari oʻtkazildi.
Unda fermer va dexqonlarga zararli chigirtkalarning turlari va xususiyatlari, ularga qarshi kurarshish, kimyoviy eritmalarni tayyorlash oʻrgatildi. Tadbirlarga nafaqat fermer va dexqonlar balki, choʻponlar va mahalliy aholi ham jalb etildi.

“Eng ogʻir hududlarda, jumladan, Forish, Yangiobod, Zomin tumanlari hamda Turkiston choʻllarida kimyoviy ishlovlar oʻtkazish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu hududlar maxsus texnika bilan taʼminlangan, chigirtka chiqadigan maydonlar xaritaga tushirilgan”, - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Baxmal, Gʻallaorol, Zafarobod tumanlarida ham zararli chigirtka uyalari mavjudligi aniqlandi. Shu kungacha belgilangan maydonning 60 foizidan ortigʻiga kimyoviy ishlov berildi.
Aytilishicha, kimyoviy ishlov berishdan oldin mutaxassislar chigirtkaning tarqalish radiusini aniqlab, uning oʻchogʻiga aylana tarzida kimyoviy ishlov berishgan. Sepilgan dori 10-15 daqiqada oʻz natijasini koʻrsatadi.
Tadbirlar davomida yana bir xavfli zararkunanda termitlarga qarshi kurash ham olib borilmoqda. Termitlar Oʻzbekistoning choʻl va togʻ oldi hududlarida uchraydi. Ular aholi turar joylari va tarixiy obidalarga juda katta zarar yetkazishi aniqlanmoqda.
Maʼlumot uchun, respublikada 150 dan ortiq chigirtka turi tarqalgan boʻlib, shulardan 10 turi qishloq xoʻjalik ekinlari, yaylovlar va boshqa oʻsimliklarga katta zarar yetkazishi mumkin. Chigirtkalar yashash tarziga qarab 2 guruhga ajratiladi. Bular toʻda hosil qilib yashovchi marokash, osiyo va voxa chigirtkalari hamda toʻda hosil qilmaydigan (mahalliy) chigirtkalardir.
Yangiliklar lentasi
0