Makron Fransiya prezidenti saylovida g‘alaba qozondi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVtoroy tur prezidentskix viborov vo Fransii
Vtoroy tur prezidentskix viborov vo Fransii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
Amaldagi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ikkinchi muddatga qayta saylandi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Fransiyada 24-aprel kuni prezident saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 100 foiz ovozlar hisob-kitobidan keyin amaldagi prezident Emmanuel Makron saylovchilarning 58,54 foiz ovozi bilan g‘alaba qozongan.
Uning asosiy raqobatchisi "Milliy birlashish" partiyasi yetakchisi Marin Le Pen 41,46 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Le Pen allaqachon mag‘lubiyatini tan olgan va uning siyosiy kuchi parlament saylovlarida katta kurashni boshlashini ma’lum qilgan.
Fransiya prezidenti saylovida saylovchilarning 63,23 foizi qatnashgan. Mamlakat Konstitutsiyaviy sudi raisi saylov yakunlari natijalarini 27-aprel kuni rasman e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidenti saylovining birinchi bosqichida Makron saylovchilarning 27,85 foiz, Le Pen esa 23,15 foiz ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu bilan ular saylovni ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0