Sport

Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasiga yangi rais saylandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGlava Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy Sherzod Kudbiyev
Glava Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy Sherzod Kudbiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Davlat soliq qoʻmitasi rahbari Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi boʻldi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Sherzod Kudbiyev Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda delegatlarning ovoz berishi natijasida Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi rahbari Sherzod Kudbiyev federatsiyaning yangi raisi etib saylandi.
Shu paytgacha Saida Mahmudova Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgandi.
Avvalroq Sherzod Kudbiyevga Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut rektori vazifasini bajarish ham yuklangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0