Sport

Oʻzbekistonlik stol tennischilar Rossiya Premyer-ligasida qatnashadi

© Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi “Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi
“Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Superligasida birinchilikni qoʻlga kiritgan “Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi Premyer-liga yoʻllanmasini oldi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya Superligasining soʻnggi 4-tur oʻyinlari natijalariga koʻra, Toshkent viloyatining keyingi mavsumdan boshlab “Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi eng oliy divizion hisoblangan Premyer-ligada qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.
21-24-aprel kunlari Cheboksari shahrida stol tennisi boʻyicha klublar oʻrtasida Rossiya Superligasining soʻnggi 4-tur oʻyinlari oʻtkazildi. Unda Toshkent viloyatining “Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi ham chempionlikni qoʻlga kiritdi.
“Rossiya Superligasida Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan klub tarkibidan Marhabo Magdiyeva, Rozalina Xodjiyeva, Asel Yerkebayeva, Kamila Xalikova, Mehriniso Norqulova, belaruslik legioner Yekaterina Borovok hamda murabbiy Anvar Karimov joy olishdi”, - deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, klublar oʻrtasidagi Rossiya Superligasi 4 turdan iborat boʻlib, unda jami 18 ta jamoa mavsum davomida yoʻllanma uchun kurash olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0