Rossiya

Rossiya MDH mamlakatlarida rubl pozitsiyasini mustahkamlamoqda

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnыe kupyurы i monetы.
Denejnыe kupyurы i monetы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Gʻarbning iqtisodiyotdagi “nopok” harakatlaridan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrdi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya Gʻarbning iqtisodiyotdagi harakatlaridan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish uchun oʻz vaqtida kerakli choralarni koʻrdi. Shu jumladan, mamlakat Ozarbayjon va Armaniston bilan hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshirishga faol oʻtmoqda. Bu haqda TIVning MDH mamlakatlari toʻrtinchi departamenti direktori Denis Gonchar RIA Novostiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Biz Gʻarbning global iqtisodiyotdagi haqiqatda nopok harakatlari bilan bogʻliq xavflarni kamaytirish uchun oldindan choralar koʻrishni boshladik”, - deydi Gonchar Rossiyaning Gʻarb davlatlari bilan munosabatlaridagi inqiroz Moskvaning Boku va Yerevan bilan hamkorligiga qanday taʼsir qiladi, degan savolga javob berar ekan.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi umumiy savdoning qariyb 30 foizi rublda amalga oshiriladi. Bu ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalari arxitekturasiga odatda tashqi salbiy omillar unchalik taʼsir qilmaydi va nostandart vaziyatlarga tezda moslashadi. Shu bilan birga, Rossiya Ozarbayjonning yetakchi iqtisodiy hamkorlari qatorida qolmoqda. Bundan tashqari, Ozarbayjon neft mahsulotlarini import qiluvchilar orasida birinchi oʻrinda turadi.
“Armaniston bilan hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini izlash faol davom ettirilmoqda”, - deydi Gonchar.
TIV vakilining taʼkidlashicha, bu masalalar 11-12 aprelkunlari Moskvada Armaniston Iqtisodiyot vaziri Vagan Kerobyanning Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirliklari rahbarlari bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarida muhokama qilingan.
Putin Rossiya tashqi savdosini rublga oʻtkazishni tezlashtirishni topshirdi
“Ushbu mavzuni koʻrib chiqish eng yuqori darajada, xususan, Nikol Pashinyanning Vladimir Putin hamda Mixail Mishustin bilan 19 va 20 apreldagi uchrashuvlarida davom etdi. Biz oʻzaro savdo doirasidagi hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirishga kelishib oldik. Yerevan allaqachon gaz uchun toʻlovni rublda amalga oshira boshladi”, - deya xulosa qildi diplomat.
Yangiliklar lentasi
0