https://oz.sputniknews-uz.com/20220425/rossiya-va-ozbekiston-musulmonlar-idoralari-migrantlarga-moslashishda-yordam-berishadi-24195926.html
Rossiya va Oʻzbekiston musulmonlar idoralari migrantlarga moslashishda yordam berishadi
Rossiya va Oʻzbekiston musulmonlar idoralari migrantlarga moslashishda yordam berishadi
Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Moskva shahriga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar oʻtkazdi. 25.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-25T17:40+0500
2022-04-25T17:40+0500
2022-04-25T17:40+0500
jamiyat
rossiya
oʻzbekiston
migrantlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/568/74/5687439_0:0:3030:1705_1920x0_80_0_0_f8fb1c400de71442e204bb933f310c64.jpg
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Elvira Sulaymankulova. Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvaga tashrifi davomida Rossiya musulmonlari idorasi raisi muftiy shayx Ravil Gaynutdinov va boshqa diniy ulamolar bilan uchrashuv oʻtkazdi.Rossiya Muftiylar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Rushan Abbyasov Sputnik muxbiriga uchrashuv yakunlari haqida maʼlumot berdi.Delegatsiyaga Oʻzbekiston bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchilik qilgan. Delegatsiya tarkibidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Ibrohim Inomov hamda mamlakatning Moskvadagi elchixonasi va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish boʻyicha hukumat departamenti vakillari oʻrin olishgan.“Muhokamaning asosiy mavzusi – bu bizning sherikchiligimiz, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro qardosh hamkorlik, - dedi Abbyasov. – Xalqlarimizni bogʻlab turuvchi umumiy rishtalar bisyor – Sovet Ittifoqi doirasidagi tariximiz, Oʻzbekistonda boʻlgan olamga mashhur islomiy diqqatga sazovor joylar. Oʻzbekiston tomoni hozir ziyorat turizmini faol rivojlantirmoqda, yaʼni muqaddas islom joylariga tashrif buyurish”.Rossiya va Oʻzbekiston tomoni bu yil “Maʼnaviy ipak yoʻli” V xalqaro ilmiy-diniy konferentsiyasini oʻtkazishni rejalashtirayotganini ham tasdiqladi. Konferantsiya 2020 yilda Toshkentda boʻlib oʻtishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab ortga surilgandi.Oʻzbekistonlik migrantlarga Rossiya shart-sharoitlarida moslashishiga koʻmaklashish muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri boʻlgan. Rossiya musulmonlari idorasining Qirgʻiziston bilan hamkorlikdagi bunday tajribasi bor. Endi orttirilgan tajribalardan foydalanish Oʻzbekiston tomoniga ham taklif qilindi.Bundan tashqari, Rossiya musulmonlari idorasi raisi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bu yil rejalashtirilgan Rossiyaga tashrif davomida Moskva jome masjidiga tashrif buyurish taklifnomasini berib yuborgan.
rossiya
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/568/74/5687439_299:0:3030:2048_1920x0_80_0_0_462206cc2fd91fb4d79c71e4b15bb0fe.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, oʻzbekiston, migrantlar
Rossiya va Oʻzbekiston musulmonlar idoralari migrantlarga moslashishda yordam berishadi
Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Moskva shahriga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Elvira Sulaymankulova. Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvaga tashrifi davomida Rossiya musulmonlari idorasi raisi muftiy shayx Ravil Gaynutdinov va boshqa diniy ulamolar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Rossiya Muftiylar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Rushan Abbyasov
Sputnik muxbiriga uchrashuv yakunlari haqida maʼlumot berdi.
Delegatsiyaga Oʻzbekiston bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchilik qilgan. Delegatsiya tarkibidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Ibrohim Inomov hamda mamlakatning Moskvadagi elchixonasi va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish boʻyicha hukumat departamenti vakillari oʻrin olishgan.
“Muhokamaning asosiy mavzusi – bu bizning sherikchiligimiz, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro qardosh hamkorlik, - dedi Abbyasov. – Xalqlarimizni bogʻlab turuvchi umumiy rishtalar bisyor – Sovet Ittifoqi doirasidagi tariximiz, Oʻzbekistonda boʻlgan olamga mashhur islomiy diqqatga sazovor joylar. Oʻzbekiston tomoni hozir ziyorat turizmini faol rivojlantirmoqda, yaʼni muqaddas islom joylariga tashrif buyurish”.
Rossiya va Oʻzbekiston tomoni bu yil “Maʼnaviy ipak yoʻli” V xalqaro ilmiy-diniy konferentsiyasini oʻtkazishni rejalashtirayotganini ham tasdiqladi. Konferantsiya 2020 yilda Toshkentda boʻlib oʻtishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab ortga surilgandi.
Oʻzbekistonlik migrantlarga Rossiya shart-sharoitlarida moslashishiga koʻmaklashish muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri boʻlgan. Rossiya musulmonlari idorasining Qirgʻiziston bilan hamkorlikdagi bunday tajribasi bor. Endi orttirilgan tajribalardan foydalanish Oʻzbekiston tomoniga ham taklif qilindi.
“Bu kelishuvlar oʻzining ilk samarasini berdi. Oʻzbekiston vakillari Moskvadagi jome masjidida migrantlar bilan uchrashishdi. Bunga qadar ular Tula va boshqa mintaqalarga borib, u yerda ham bunday uchrashuvlar oʻtkazishdi. Biz bu yoʻnalishda tizimli ishlashga kelishib oldik”, - dedi muftiy.
Bundan tashqari, Rossiya musulmonlari idorasi raisi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bu yil rejalashtirilgan Rossiyaga tashrif davomida Moskva jome masjidiga tashrif buyurish taklifnomasini berib yuborgan.