Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

© AFP 2023 / JIJI PressYaponskaya dolgojitelnitsa Kane Tanaka
Yaponskaya dolgojitelnitsa Kane Tanaka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
103 yoshida Kane Tanaka saraton o‘simtasini olib tashlashga qaratilgan jarrohlikni boshdan kechirgan.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 2019-yilda Yer yuzidagi eng keksa odam sifatida tan olingan yaponiyalik Kane Tanaka 120 yoshida vafot etdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Yaponiyalik ayol 1903-yil 2-yanvarda tug‘ilgan. Turmush o‘rtog‘i va to‘ng‘ich o‘g‘li Ikkinchi jahon urushi paytida vafot etgan. Tanaka butun umri davomida urushdan oldin ochilgan guruch pishiruvchi do‘konda ishlagan. 1970-yillarda nafaqaga chiqqanidan keyin u bir necha bor AQShga sayohat qilgan.
2005 yildan boshlab Tanaka Fukuokadagi qariyalar uyida yashagan. 103 yoshida u saraton o‘simtasini olib tashlash uchun operatsiya qilingan, shundan so‘ng boshqa jiddiy kasalliklar uni bezovta qilmagan.
Britaniyaning eng keksa fuqarosi uzoq umr ko‘rish sirlarini aytdi
Bu keksa ayolning turmush tarziga kelsak, uning erta turish odati borligi aytiladi. Shuningdek, ayol estafeta va boshqa stol o‘yinlarini yaxshi ko‘rgan va hech qachon shirinlik iste’mol qilmagan. Sayyoradagi eng keksa ayol o‘zining uzoq umr ko‘rish siri sifatida oila, umid, sog‘lom uyqu va taqvo ekanligini ta’kidlagan.
2022 yilning 2-yanvar kuni Tanaka o‘zining 119 yoshini nishonlagan. U virusga qarshi cheklovlar tufayli qarindoshlari bilan juda kam uchrashgan.
Yangiliklar lentasi
0