Abdurahmonov viloyatda “Andijon polkasi” oyligini e’lon qildi

Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishni odat tusiga kiritishlari lozim.
TOShKENT, 26-aprel — Sputnik. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov topshirig‘iga asosan “Andijon polkasi” kuyi yaratilganining 100-yilligi va shu nomdagi xalq raqs ansambli tashkil etilganini 65-yilligi munosabati bilan viloyatda “Andijon polkasi” oyligi e’lon qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi o‘rinbosari Azizxon Maxsumov imzolagan xabarnoma tarqaldi.
Hujjatda yozilishicha, o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar butun jamoasi, hamkasblari bilan har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishni odat tusiga kiritishlari lozim.
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik O‘zbekiston
5/5
“Bundan tashqari shahar bo‘ylab harakatlanayotgan barcha jamoat transportlarida, savdo do‘konlarida, bozorlarda, mehmonxonalarda, avto va temir yo‘l vokzallarida va boshqa odamlar gavjum bo‘lgan barcha hududlarda turli chellenjlar va fleshmoblar tashkil qilish orqali ommalashtirish zarurligi belgilandi”, - deyilgan hujjatda.
Shuningdek, hokim o‘rinbosari imzogan hujjatda o‘tkazilayotgan tadbirlarning foto va yozma axboroti xar hafta viloyat hokimligining turizm kotibiyatiga taqdim etish so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0