Kolumnistlar

Gʻarb Rossiya magʻlubiyatiga pul tikkan

© Sputnik / Russian Foreign Ministry / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy sekretar SSHA Entoni Blinken vo vremya vstrechi s ministrom inostrannыx del RF Sergeyem Lavrovыm na polyax Arkticheskogo soveta v Reykyavike
Gosudarstvennыy sekretar SSHA Entoni Blinken vo vremya vstrechi s ministrom inostrannыx del RF Sergeyem Lavrovыm na polyax Arkticheskogo soveta v Reykyavike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukrainani butunlay yoqib yuborishmoqchi, biroq “rus tajovuzkorlari” emas balki, “amerikalik xaloskorlar”.
Ukrainani butunlay yoqib yuborishmoqchi, biroq “rus tajovuzkorlari” emas balki, “amerikalik xaloskorlar”. Bu Pasxa bayramidan soʻng Kiyevda uzoq kutilgan muhtaram mehmonlarni kutib olinganda butunlay ravshan boʻldi.
YEI va bir qancha Yevropa davlatlari rahbarlari allaqachon Ukraina poytaxtida boʻlib qaytishdi, endi eng asosiy xaloskorning – amerikaliklarning navbati. Bayden kelmadi, biroq ikki nafar asosiy xodimlarini: davlat bosh kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostinni joʻnatdi. Ikkinchisining ukrainalik siyosatchilar va generallar bilan qadrdon birodarligi va Zelenskiyning butun mamlakat rahbariyatini amerikaliklar bilan uchrashuvga olib kelgani aks etgan kadrlar juda ahamiyatli. Biroq Blinken va Ostinning muzokaradan keyin aytgan gaplari bundanda muhimroq.
“Bu urush yana qancha davom etishini bilmaymiz. Ammo bilganimiz shuki, mustaqil va suveren Ukraina Vlamidir Putinga qaraganda hali koʻp yashaydi. Va bizning Ukrainaga yoʻllayotgan koʻmagimiz ham butunlay gʻalaba boʻlguncha davom etadi...”,- bu Entoni Blinkenning soʻzlari.
“Biz Rossiyaning shu qadar zaiflashishini xohlaymizki, u Ukrainaga bostirib kirganda nima qilganini endi qilolmay qolsin. Ular juda koʻp harbiy kuchlarini yoʻqotdi va biz ular tezda kuchga kirishini xohlamaymiz”, - bu esa Lloyd Ostinning aytganlari.
“Ularning qobiliyatlari nuqtai nazaridan gʻalaba uchun birinchi qadam- bu gʻalaba qozonishga boʻlgan umid. Va shuning uchun ham ular bizning gʻalaba qozonishimizga ishonadi. Ishonamizki, biz-ular- agar toʻgʻri qurol, toʻgʻri koʻmak boʻlsa, va qoʻlimizdan kelgancha yordam bersak gʻalaba qozonishimizga ishonamiz”.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trassning “Putin magʻlub va Ukraina gʻolib boʻlmagunicha biz xotirjam boʻlmaymiz” degan soʻzlari nimani anglatadi?
Anglo-saksonlar ularning maqsadi Rossiyaning magʻlubiyati ekanligini vanihoyat eʼlon qildi. Bu nafaqat Ukrainadagi urushni qurol-yarogʻ bilan taʼminlash orqali uzaytirish, balki mamlakatimiz va qurolli kuchlarni maksimal darajada zaiflashtirishdan iborat. Ostin toʻgʻridan-toʻgʻri: shu qadar zaiflashishini xohlaymizki, rus armiyasi allaqachon qilgan ishini endi bajara olmay qolsin dedi. Yaʼni xorijiy hududga hujum qila olmaydi, harbiy operatsiyalarni oʻtkaza olmaydi.
Bu holatda Ukrainaning gʻalabasi nafaqat Rossiyaning magʻlubiyati, balki Gʻarbning boshqalarning qoʻli bilan erishilgan gʻalabasi boʻladi. Nahotki, Moskva bunday bayonotlariga qanday javob berishini anglo-saksonlar bilmasa. Nahotki, ular uning magʻlubiyatini oʻz maqsadi qilib olib keyin qanday boʻlmasin oʻz yuzini saqlab qolish imkoniyatidan mahrum boʻlayotganini bilmasa.
Chunki nima boʻlmasin, Rossiya gʻalaba qozonadi, gap gʻalabaning qadrida. Va nafaqat biz, balki Kiyev uchun ham. Anglo-saksonlarning urush alangasida Ukrainani yoqib yuborishga tayyorligiga shubha yoʻq. Biroq AQSH va Buyuk Britaniya maʼmuriyati keyin nima boʻlishi haqida oʻz xalqiga qanday tushuntirib berish haqida oʻylab koʻrishsa yaxshi boʻlardi. Yaʼni, agar Ukraina magʻlub boʻlsa, bu Kiyevning gʻalabasiga pul tikkan AQSH bilan Buyuk Britaniyaning magʻlubiyati ham degani.
Yoki ular magʻlubiyatni gʻalaba sifatida koʻrsata oladimi? Armiyasiz va dengizga yoʻli yoʻq, oʻz elitasidan nafratlanadigan, vahima kayfiyatidagi jamiyat- axir bu ham Ukrainaku, demak ruslar magʻlub boʻldimi? Va Ukraina ham Gʻarbdan xavfsizlik kafolatlarini olmasligi (chunki kafolatlarni kelajagi faqat Rossiyaga bogʻliq boʻlgan davlatga hech kim bermaydi) va bu ham Moskvaning magʻlubiyati sifatida koʻrsatilishi mumkinmi? Muammo shundaki, bunday hiyla-nayranglar faqat sodda odamlarni aldashi mumkin, qolgan gʻarbiy boʻlmagan dunyo shunchaki kulishi haqida gapirmasa ham boʻladi: Gʻarbda “Rossiyaning magʻlubiyati” deb oʻz fuqarolarini aldashga harakat qilishyapti.
Demak, bundan chiqyaptiki, anglo-saksonlar rostdan ham gʻalaba qilishiga ishonadimi? Axir bu reallikka toʻgʻri kelmaydiku, hatto gʻarbning obʼyektiv boʻlgan harbiy ekspertlari ham bunday stsenariyning ehtimoli haqida gapirmayapti. Gʻarb umid qilishi kerak boʻlgan yagona najot - iloji boricha harbiy harakatlarni uzaytirish. Va hatto shunda ham natija qanday boʻlishiga shubha yoʻq.
Rossiyani magʻlub etishning faqat bittagina real imkoniyati bor: u ham boʻlsa uni ichkaridan yoʻq qilish. Ammo bunda Gʻarbning asosiy umidi ham ish bermaydi, Vladimir Putin aytgandek, bunda hatto eng kichik muammo ham yordam bermaydi. Shu bilan birga, Rossiyaning boʻlinishidek usul anglo-saksonlarlar uchun hamon juda samarali deb hisoblansa-da, hatto ularning bunday qatʼiy ishonchi ham oʻz maqsadlarini jang maydonidagi magʻlubiyatga qattiq bogʻlash zarurligini tushuntirmaydi.
Darhaqiqat, anglo-saksonlar bunday natijaga erishish istagi bilan, jamiyatimiz birligini faqat mustahkamlaydi, chunki Ukrainadagi operatsiyani va Vladimir Putinni qoʻllab-quvvatlamaydigan odamlarning koʻpchiligi oʻz armiyasining magʻlubiyatini xohlamaydi. Chunki bu qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishini yaxshi biladi. Bu xuddi Gʻarbda ruscha boʻlgan hamma narsaning bekor qilinishiga oʻxshaydi: bu bizning koʻpchilik gʻarbcha tarafdorlarini hayratda qoldirdi va oʻz mamlakatiga boʻlgan munosabatini qayta oʻylab koʻrishga majbur qildi.
Unda anglo-saksonlar “ayyor rejasining” siri nimada? Nega ular oxiri oʻzlariga zarba boʻladigan ishni qilyapti? Afsuski, hech qanday sir yoʻq. Gʻarb yana bir marta ruslarga boʻlgan munosabatining qurboni boʻldi. “Agar ruslar Kiyevni uch kunda qoʻlga olmagan boʻlsa, ular magʻlubiyatga uchrashi mumkinligiga ishonishdi. ( dono atlantik strateglari unutmasligi kerakki, ruslar va ukrainlar-bitta xalq. Boshqacha ekaniga qanchalik ishontirishmasin). Oʻz pragmatik reallikka moyilligiga qaramay shunga ishonishdi.
Shu sababli Rossiya magʻlubiyatiga pul tikish - bu shunchaki Ukraina kartasini uni ilhomlantirib oxirgi marta oʻynashga urinish, imkon qadar stavkalarni koʻtarish. Bundan ular ruslar qoʻrqishini, titrashini va oʻz maqsadidan voz kechishiga umid qilgan.
Keyin esa tuman tarqaydi va Ukraina magʻlub boʻlgan payt Gʻarbning oʻzini oqlashga ham holi qolmagan boʻladi: juda koʻplab muammolar yuzaga chiqqan boʻladi. Davlatning ichidagi va tashqarasidagi sinovlar ham murakkab boʻladi. “Nega Rossiya emas, biz yutqazdik” degan savolning javobi esa faqat boʻlajak tarixchilar uchun qiziq boʻlib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0