Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Karantin: Olimlar semirishning ruhiy mexanizmini aniqlashdi

© Depositphotos.com / CookelmaPolniy mujchina u xolodilnika s buterbrodom v rukax
Polniy mujchina u xolodilnika s buterbrodom v rukax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Olimlarning fikriga ko‘ra, ortiqcha ovqatlanishga ishtiyoq, stress va uning ehtimoli fonida sezilarli darajada oshadi.
Vatka davlat universiteti mutaxassislari boshqa rossiyalik olimlar bilan birgalikda COVID-19 karantini paytida oziq-ovqatga qaramlik va "vaqtning psixologik istiqboli" o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdi.
Aholi orasida eng ommaviy kasallanish hisoblangan - ortiqcha vazn va semirishga aynan qanday ruhiy omillar sabab bo‘lgani olimlarni qiziqtirgan eng birinchi masala bo‘ldi.
Dastlabki xulosaga ko‘ra, o‘rganilgan guruh tarkibida psixologik jihatdan o‘tmish yoki hozirgi kun haqida ko‘p o‘ylaydigan va odatda qisqa muddatli reja tuzishni afzal ko‘radigan odamlarda ortiqcha ovqat iste’mol qilishga qaramlik xavfi, uzoq kelajak haqida ko‘proq o‘ylaydiganlar va uzoq muddatli reja tuzadiganlarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Ushbu tadqiqot natijalari Eating and Weight Disorders jurnalida chop etilgan.
Bu konsepsiya insonning o‘z o‘tmishiga, hozirgi kuniga yoki kelajagiga hissiy jihatdan qanchalik "bog‘langanligini" ni aniqlaydi. Tadqiqotchilarning fikricha, insonning "qaysi istiqbolli vaqtga" bog‘liqligi - uning nafaqat xulq-atvorni shakllantiradi, balkim psixologik sog‘lomligini yoki ayrim ruhiy buzilishlar mavjudligining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin.
"Biz pandemiya sharoitidagi kuzatuvlardan "kelajak" istibol bilan yashaydigan odamlarda, "hozirgi kun" yoki "o‘tmish" istiqboli bilan yashaydiganlarga nisbatan ruhiy buzilishlar rivojlanish xavfi ostida bo‘lmaydi, deb taxmin qildik.
Ushbu tadqiqotdan olingan asosiy amaliy xulosani quyidagicha: - Hayotingiz uchun uzoq muddatli rejalar tuzing - bu sizning psixologik farovonligingizning kalitidir, - dedi Mixail Borisenkov, loyiha rahbari, ruhshunos olim.
Pandemiya davridagi karantin paytlarida olimlar odamlar orasida oziq-ovqatga qaramlik holatlari 68 % oshganini qayd etdilar. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu ma’lumotlar qaramlikning boshqa turlari - Internetga qaramlik, alkogolizm, giyohvandlik holatlarining ko‘payishi bilan mos keladi.
Ruhshunoslar xulosasiga ko‘ra, olingan natijalar katta ilmiy ahamiyatga ega va kelajakda semirishning oldini olish uchun - ruhiy uslublar bilan kurashish imkoni mavjudligini anglatadi, xususan vaqt istiqboliga asoslangan psixologik terapiya usullarini moslashtirishga imkon beradi.
Kelajakda olimlar tadqiqot namunasi va geografiyasini kengaytirishni, shuningdek, tasvirlangan hodisaning fiziologik mexanizmlarini o‘rganishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0