https://oz.sputniknews-uz.com/20220426/mirziyoev-rossiya-sanoat-va-savdo-vazirini-qabul-qildi-24206420.html
Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vazirini qabul qildi
Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vazirini qabul qildi
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. 26.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-26T09:16+0500
2022-04-26T09:16+0500
2022-04-26T09:16+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
denis manturov
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1a/24206236_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_4104d8da40ba2b76a0f5b706e2e26d2e.jpg
TOSHKENT, 26apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Taʼkidlanishicha, tomonlar mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratishgan.Shu munosabat bilan shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtayotgan sanoat koʻrgazmasi doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.Eslatib oʻtamiz, Rossiya delegatsiyasi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasida ishtirok etish uchun Toshkentda boʻlib turibdi.Oʻtgan yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo koʻrsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1a/24206236_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_b77966c00817ea4b2b094e42af87f04a.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, denis manturov
Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vazirini qabul qildi
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
TOSHKENT, 26apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
“Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirish va yangi mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari kooperatsiyasi uchrashuvning asosiy mavzusi boʻldi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, tomonlar mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratishgan.
Shu munosabat bilan shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtayotgan sanoat koʻrgazmasi doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya delegatsiyasi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasida ishtirok etish uchun Toshkentda
boʻlib turibdi.Oʻtgan yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo koʻrsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.