Jamiyat

Moliya vazirligi mutaxassislari Rossiyada malaka oshirishadi

© Foto: Minfin UzbekistanaPodpisano soglasheniye o sotrudnichestve mejdu Uchebnыm tsentrom pri Minfine Uzbekistana i NIU VSHE RF
Podpisano soglasheniye o sotrudnichestve mejdu Uchebnыm tsentrom pri Minfine Uzbekistana i NIU VSHE RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bitim doirasida Oʻzbekiston va Rossiya moliya va davlat xaridlari sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi hamda Rossiyaning “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik bitimi imzolandi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Rossiyaning “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti (Perm kampusi) direktori Galina Volodina va direktor oʻrinbosari Yelena Shadrina moliya vaziri oʻrinbosari Gulnora Rahimova bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida Moliya vazirligi tizimi mutaxassislarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash va bu orqali ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan oʻzaro hamkorlik bitimi imzolandi.
Bitim doirasida tomonlar moliya va davlat xaridlari sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadilar. Tajriba almashish va mutaxassislar stajirovkasini tashkil etish, oʻzaro hamkorlikdagi taʼlim va tadqiqot dasturlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, birgalikda konferentsiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.
“Mazkur hujjatning imzolanishi moliya va davlat xaridlari sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0