Iqtisod

Murmansk viloyati bilan mehnat resurslarini jalb qilish va turizm rivojlantiriladi

© Dubov DmitriyDelegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti
Delegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Rossiyaning Murmansk viloyati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni, shuningdek, turizm sohasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Bu haqda 26 aprel kuni Respublika bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov Arktikani rivojlantirish vazirligi va Murmansk gubernatori bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Biz hamkorlikning yangi yoʻnalishlari, jumladan, turizm, savdo-iqtisodiy hamkorlikni koʻrib chiqishdan mamnunmiz. Bu yil biz davlatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlaymiz. Biz uchun Rossiya muhim strategik sherik”, dedi Xayriddinov.
© Dubov DmitriyDelegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti
Delegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2022
Delegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti
Murmansk viloyati gubernatori Andrey Chibis Oʻzbekiston delegatsiyasini mintaqada qutlar ekan, hozirda Arktikada koʻplab oʻzbekistonliklar mehnat qilayotganini taʼkidladi.
“Bizni faol oʻzaro aloqa bogʻlab turadi. Ayniqsa, Murmansk viloyati hududidagi Oʻzbekiston fuqarolarining mehnati nuqtai nazaridan. Bu birinchi navbatda, bizning yirik qurilish loyihalarimizga, masalan, Yirik qurilish markaziga taalluqlidir. Oʻzaro aloqalarimiz ancha ijobiy, va samarali”, - dedi viloyat rahbari.
© Dubov DmitriyDelegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti
Delegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2022
Delegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti
Arktikani rivojlantirish va Murmansk viloyati iqtisodiyot vaziri Tatyana Russkovataqdimot chogʻida mintaqa Oʻzbekistonning koʻplab faoliyat sohalarida hamkori boʻlishi mumkinligini taʼkidladi,chunki Arktikada muzdan xoli chuqur suv porti mavjud.Bundan tashqari, katta mineral zaxiralari, arzon elektr energiyasi, rivojlangan transport infratuzilmasiga ega.
Shuningdek, vazir Murmansk viloyatining yuqori investitsion jozibadorligini, iqtisodiy barqarorligini qayd etdi.
“Oxirgi ikki yil davomida biz Shimoliy-Gʻarbiy va Rossiyada iqtisodiy oʻsish surʼatlariga ega mintaqa sifatida yetakchilik qilmoqdamiz. Biz pandemiyadan oldin va pandemiya davrida boshlangan loyihalar reja boʻyicha borishi, amalga oshirilishi va rivojlanish uchun yaxshi platforma yaratishga barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz”, - deya xulosa qildi Russkova.
© Dubov DmitriyDelegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti
Delegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2022
Delegatsiya Uzbekistana vstretilas s rukovodstvom Murmanskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0