Dunyoda

Nursulton Nazarboyevga yangi maqom beriladi

Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nazarboyevning mustaqil Qozogʻiston asoschisi sifatidagi maqomi mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilishi mumkin.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning yangi - mustaqil Qozogʻiston asoschisi maqomi beriladi va bu Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyiladi. Bu haqda Konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha ishchi guruh aʼzosi Yermek Abdrasulov maʼlum qildi, deb yozadi Sputnik Kazaxstan.

“Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti – mustaqil Qozogʻistonning asoschisi, yaʼni, unga ushbu maqom belgilanadi. Bu katta ahamiyatga ega, chunki uning xizmatlari va barcha koʻrib turgan obʼyektiv fakt - Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyiladi”, - dedi Abdrasulov matbuot anjumanida.

Unga koʻra, bunday qaror mamlakatning amaldagi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev topshirigʻi bilan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish bilan shugʻullanuvchi ishchi guruh tomonidan qabul qilingan.
“Ishchi guruh bu maqomni qonunlarda emas, balki Konstitutsiyaning oʻzida belgilab qoʻyish kerak degan xulosaga keldi”, - dedi Abdrasulov.
Maʼlumki, ayni paytda Qozogʻistonda “Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi toʻgʻrisida”gi qonun amal qilmoqda. Ushbu qonunga koʻra, Elboshi mustaqil davlat sifatida Qozogʻistonning birligini, Konstitutsiyasini, inson va fuqaroning huquq hamdaerkinliklarini himoya qilgan. Yuqoridagi oʻzgartirishlar qabul qilingan taqdirda, birinchi prezident toʻgʻrisidagi qonun nazariy jihatdan bekor qilinishi mumkin, lekin Konstitutsiyada Elboshiga bagʻishlangan alohida maqola paydo boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Nursulton Abishevich Nazarboyev Qozogʻistonni qariyb 30 yil boshqargan. 1991 yilda Qozogʻiston Nazarboyev yetakchiligida oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan edi. Nazarboyev 2019 yil 20 mart kuni davlat rahbari lavozimini tark etdi, lekin Xavfsizlik kengashi rahbari, hokimiyatdagi Nur Otan partiyasi rahbari va Qozogʻiston Xalq Assambleyasi (ANK) rahbari lavozimlarini saqlab qoldi.
2021 yilda Nazarboyev ANK raisi lavozimini tark etib, vakolatlarini Qozogʻistonning amaldagi rahbariga oʻtkazishini maʼlum qilgan edi. Nazarboyev 2022 yilning 5 yanvarida Xavfsizlik kengashi raisi vakolatlarini Toqayevga topshirdi.
Yangiliklar lentasi
0