Iqtisod

Oʻzbekiston gilamlarni markirovka qilishni boshlaydi

Jenщina tkyot kover - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston gilam qalbakilashtirishni kamaytirish uchun Rossiya tizimidan foydalanmoqchi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda gilamlar, shinalar, va avtomobil ehtiyot qismlarini Rossiya markalash tizimi yordamida belgi qoʻyish joriy etiladi. Chunki mazkur sohalarda qalbakilashtirish darajasi yuqori.
Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi bosh davlat soliq inspektori Ahmadbek Fayziyevga tayanib, Rossiya OAVlari xabar bermoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, “CRPT Turon” kompaniyasining kuzatuv kengashi raisi Andrey Kirillovga koʻra, hukumat oʻz oldiga uchta yangi mahsulot – shinalar, avtomobil ehtiyot qismlari va gilamlarni markirovka qilish tizimini joriy etish vazifasini qoʻygan.

“Qoʻmita vakilining fikriga koʻra, bu sohalarda qalbakilashtirish darajasi yuqori. Ayniqsa, gilam ishlab chiqarish sohasi muhim – bu, mubolagʻasiz, milliy boylik: har bir hududning oʻziga xos ishlab chiqarish va boʻyash usullari mavjud. Gilamlar dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilinadi, shuning uchun bu bozorni tartibga solish masalasi nihoyatda dolzarbdir”, - deya tushuntirdi Kirillov.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2019 yil avgust oyida mahsulotlarni markalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tasdiqlangan. Loyiha operatori sifatida “CRPT Turon” MCHJ tanlangan edi.
Uning asoschisi, qaror matnida koʻrsatilganidek, Rossiyadagi markirovkalash tizimining operatori — Ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirish markazi (CRPT). Asosiy egasi USM Alisher Usmonov (50 foizi), yana 25 foiz ulush Rossiya davlat korporatsiyasi Rostec va Almaz Capital boshqaruvchi hamkori Aleksandr Galitskiyga tegishli.
Oʻtgan yili tamaki, pivo va alkogolli mahsulotlarni markirovkalash yoʻlga qoʻyilgan edi. 15 apreldan – maishiy texnika yorliqlanishidan buyon Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida birinchi boʻlib ushbu tovarlar guruhini markalashni yoʻlga qoʻydi.
Yangiliklar lentasi
0