O‘zbekiston va Rossiya 14 ta universitetlararo hamkorlik shartnomasini imzoladi

© Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiO‘zbekiston va Rossiya 14 ta universitetlararo hamkorlik shartnomasini imzoladi
O‘zbekiston va Rossiya 14 ta universitetlararo hamkorlik shartnomasini imzoladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat OTMlari o‘rtasida 4x4 formatida talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 14 ta universitetlararo hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Rossiyaning Nijegorod viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Unda shuningdek ikki tomondan 12 ta oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.
Tomonlar oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi va ta’lim maskanlari o‘rtasidagi aloqalarni jadallashtirishga e’tibor qaratishdi.
“So‘nggi besh yilda 80 dan ortiq yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, bugun ularning soni 160 taga yetkazildi va shundan 54 tasi xorijiy oliygohlar yoki ularning filiallaridir”, - dedi vazir.
Nijegorod delegatsiyasi rahbari G.Nikitinviloyat oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, o‘zbekistonlik talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, Nijegorod viloyati aholi jon boshiga IT-mutaxassislar soni bo‘yicha Rossiya hududlari orasida Sankt-Peterburgdan keyin yetakchi hisoblanadi.
Rossiya delegatsiyasi rahbari mintaqada muhandislik-texnik ta’lim yutuqlari haqida gapirar ekan, “Nijniy-Novgorod atom sanoatining poytaxti” ekanligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida avtomobilsozlik, transport injineringi va pedagogika sohalarida, 4x4 formatida talabalar almashinuvi, "Iqtisodiyot va menejment" mutaxassisligi bo‘yicha yangi ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli dasturlar asosida akademik mobillikni amalga oshirish yuzasidan 14 ta universitetlararo hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Rossiya OTMlarida o‘zbekistonlik talabalar soni yil sayin oshib bormoqda. Xususan 2019-yilda 32 ming nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, 2022-yilda ularning soni 48 ming nafardan oshgan.
Oxirgi uch yilda O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining filiallari soni 4 tadan 14 taga ko‘paydi. Yana 9 tasi ochilish arafasida turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, Toshkentda “INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2022” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro sanoat ko‘rgazma doirasida yosh mutaxassislar va talabalar uchun ham yirik sanoat kompaniyalari rahbarlari, shuningdek yetakchi universitetlarning rektorlari zamonaviy ishlab chiqarishni qanday qilib boshqarish kerakligi haqida ma’ruza va taqdimotlari tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0