Dunyoda

Rossiya va Xitoy milliy valyutalarda savdo qilish uchun infratuzilma tayyorladi

© AP Photo / Mark SchiefelbeinRossiyskiy i kitayskiy flagi na stole pered tseremoniyey podpisaniya v Bolshom narodnom zale v Pekine, pyatnitsa, 8 iyunya 2018 goda. Sotrudnichestvo mejdu Rossiyey i Kitayem naxoditsya na nebыvalo vыsokom urovne, zayavil prezident Rossii Vladimir Putin svoyemu kitayskomu kollege Si Tszinpinu na vstreche v pyatnitsu v preddverii sammita s uchastiyem dvux stran i shesti aziatskix gosudarstv.
Rossiyskiy i kitayskiy flagi na stole pered tseremoniyey podpisaniya v Bolshom narodnom zale v Pekine, pyatnitsa, 8 iyunya 2018 goda. Sotrudnichestvo mejdu Rossiyey i Kitayem naxoditsya na nebыvalo vыsokom urovne, zayavil prezident Rossii Vladimir Putin svoyemu kitayskomu kollege Si Tszinpinu na vstreche v pyatnitsu v preddverii sammita s uchastiyem dvux stran i shesti aziatskix gosudarstv. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya TIV: soʻnggi voqealar milliy valyutalar toʻlovning eng ishonchli va himoyalangan shakli ekanini koʻrsatdi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Moskva va Pekin milliy valyutalardagi savdo-sotiqqa oʻtish uchun barcha infratuzilmani yoʻlga qoʻydi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Igor Morgulov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi voqealar milliy valyutalar toʻlovning eng ishonchli va himoyalangan shakli ekanini koʻrsatgan.
“Bizning Xitoy bilan bu sohada zarur infratuzilmamiz yoʻlga qoʻyilgan: Rossiyada yuan kliringi uchun vakolatli bank faoliyat yuritadi, Moskva birjasida savdolar rubl-yuan juftligida olib borilmoqda, Markaziy banklar oʻrtasida valyuta svopi toʻgʻrisida bitim imzolangan”, - dedi diplomat. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Morgulov soʻnggi yillarda Rossiya-Xitoy savdosida milliy valyutalar ulushi sezilarli oʻsganini qayd etdi, 2021 yilning birinchi yarim yilligida u 25 foizni tashkil etgan. Yaqin yillarda bu koʻrsatkich jadal oʻsishiga umid qilinmoqda.
Rossiya Federal bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilda Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi savdo 35,2 foizga oshib, 140,705 milliard dollarni tashkil etgan. Mamlakatlar bu koʻrsatkichni yaqin yillarda 200 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirishmoqda.
Xitoy rahbari bir tomonlama sanktsiyalarga qarshi chiqdi
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tashqi savdo hisob-kitoblarini rubl va ishonchli hamkor mamlakatlar milliy valyutalariga oʻtkazishni tezlashtirishi lozimligini maʼlum qilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0