Video

Sergelida "Magnit" doʻkoni ochildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
MCosmetik tarmogʻining birinchi xorijiy doʻkoni Oʻzbekistonda ochildi. Unda "parvarish va gigiyena”, “sanoat tovarlari”, “dekorativ kosmetika”, “maishiy kimyo” toifalaridagi tovarlarni xarid qilishlari mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 26 apr - Sputnik. Rossiyaning yetakchi riteylerlaridan biri "Magnit" OAJ Oʻzbekistonda goʻzallik va salomatlik uchun tovarlar sotiladigan drogeri-doʻkon (oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish) doʻkonini ochdi.
Ochilish marosimida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hamda Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ishtirok etdi.
Ushbu doʻkon Rossiyadan tashqaridagi birinchi chakana savdo tarmogʻiga aylandi. MCosmetikda jahon va Rossiya brendlari bilan bir qatorda oʻzbek brendlari ham taqdim etilgan.
Bu yerda mijozlar “parvarish va gigiyena”, “sanoat tovarlari”, “dekorativ kosmetika”, “maishiy kimyo” toifalaridagi tovarlarni xarid qilishlari mumkin boʻladi.
Assortimentni tuzishda mahalliy aholining ehtiyojlari ham hisobga olindi, shuning uchun bolalar ovqatlari ham qoʻshildi. Doʻkonda oʻzbek tovarlari maxsus belgilar bilan taʼkidlangan. Ular orasida maishiy kimyo, gigiyena vositalari, toʻqimachilik bor.
Rossiyalik reteyler dastlabki bosqichda beshta ana shunday doʻkon ochishni rejalashtirilgan. Ulardan 4 tasi Toshkentda, yana bittasi Chirchiqda joylashgan boʻladi.
"Magnit" - Rossiya chakana savdo doʻkonlari tarmogʻi boʻlib, daromad boʻyicha Rossiyada uchinchi oʻrinda turadi. Tarmoq 1995 yilda Krasnodarda kompaniya faoliyatining dastlabki yillarida kompaniyaga egalik qilgan va uni boshqargan Sergey Galitskiy tomonidan asos solingan, 2021 yildan beri eng yirik aktsiyador Alexandra Marathon Group investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0