https://oz.sputniknews-uz.com/20220426/shimoliy-koreya-oz-yadroviy-kuchlarini-mustahkamlashda-davom-etadi-24222189.html
Shimoliy Koreya oʻz yadroviy kuchlarini mustahkamlashda davom etadi
Shimoliy Koreya oʻz yadroviy kuchlarini mustahkamlashda davom etadi
Shimoliy Koreya yetakchisi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi harbiy mojaro boshlashga uringan har qanday kuchni yoʻq qilishini aytdi. 26.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-26T16:46+0500
2022-04-26T16:46+0500
2022-04-26T16:46+0500
dunyoda
shimoliy koreya
kim chen in
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1c/23606807_0:275:3071:2002_1920x0_80_0_0_6330752e4114380e5edf0b57674b8791.jpg
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Shimoliy Koreya oʻz yadroviy kuchlarini maksimal tezlikda mustahkamlashda davom etadi, dedi mamlakat yetakchisi Kim Chen In dushanba kuni Koreya Xalq armiyasi tashkil etilishi munosabati bilan oʻtkazilgan paradda. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligiga (TSTAK) tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda. Shimoliy Koreya rahbarining soʻzlariga koʻra, mamlakat yadro qurolining toʻxtatuvchi kuchidan foydalanishga har qanday vaqtda tayyor turishga harakat qilmoqda.“Jumladan, harbiy qudratimiz ramzi va asosi boʻlgan yadroviy kuchlarni harbiy toʻqnashuv yuz berganda turli maqsadlardagi turli operatsiyalarda qurol sifatida foydalanish va yadroviy qurolni amalga oshirish qobiliyatini koʻrsatish uchun yadroviy kuchlarni miqdoriy va sifat jihatidan mustahkamlash zarur”, - deb tushuntirdi Shimoliy Koreya rahbari.Kim Chen Inning taʼkidlashicha, yadro qurolining asosiy vazifasi urushning oldini olish boʻlishiga qaramay, ularning maqsadini shu bilan cheklab boʻlmaydi.Shimoliy Koreya yetakchisi oʻz nutqi davomida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi harbiy mojaro boshlashga uringan har qanday kuchni yoʻq qilishini aytdi.Maʼlumot uchun, 25 aprel kuni taxminan soat 22:00 larda Pxenyandagi Kim Ir Sen maydonida harbiy parad boʻlib oʻtgan. Janubiy Koreya matbuoti Pxenyan 20 mingga yaqin askar va texnikani safarbar qilgani haqida xabar bergan.Parad mashgʻulotlarida 250 dan ortiq texnikalar, jumladan, “Xvason-8” gipertovushli raketasi, yaqinda Pxenyan tomonidan sinovdan oʻtkazilgan “Xvason-17” qitʼalararo ballistik raketasi va suv osti kemasidan uchiriladigan ballistik raketa ishtirok etgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1c/23606807_181:0:2912:2048_1920x0_80_0_0_7c602a1801303704fbe0de0fa3b4944a.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shimoliy koreya, kim chen in
Shimoliy Koreya oʻz yadroviy kuchlarini mustahkamlashda davom etadi
Shimoliy Koreya yetakchisi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi harbiy mojaro boshlashga uringan har qanday kuchni yoʻq qilishini aytdi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Shimoliy Koreya oʻz yadroviy kuchlarini maksimal tezlikda mustahkamlashda davom etadi, dedi mamlakat yetakchisi Kim Chen In dushanba kuni Koreya Xalq armiyasi tashkil etilishi munosabati bilan oʻtkazilgan paradda. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligiga (TSTAK) tayanib, “RIA Novosti”
xabar bermoqda.
“Biz KXDR egallab turgan yadroviy kuchlarni maksimal tezlikda yanada rivojlantirish va mustahkamlash choralarini koʻramiz”, - dedi Kim.
Shimoliy Koreya rahbarining soʻzlariga koʻra, mamlakat yadro qurolining toʻxtatuvchi kuchidan foydalanishga har qanday vaqtda tayyor turishga harakat qilmoqda.
“Jumladan, harbiy qudratimiz ramzi va asosi boʻlgan yadroviy kuchlarni harbiy toʻqnashuv yuz berganda turli maqsadlardagi turli operatsiyalarda qurol sifatida foydalanish va yadroviy qurolni amalga oshirish qobiliyatini koʻrsatish uchun yadroviy kuchlarni miqdoriy va sifat jihatidan mustahkamlash zarur”, - deb tushuntirdi Shimoliy Koreya rahbari.
Kim Chen Inning taʼkidlashicha, yadro qurolining asosiy vazifasi urushning oldini olish boʻlishiga qaramay, ularning maqsadini shu bilan cheklab boʻlmaydi.
Shimoliy Koreya yetakchisi oʻz nutqi davomida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi harbiy mojaro boshlashga uringan har qanday kuchni yoʻq qilishini aytdi.
“Hozir harbiy kuchlarimiz har qanday jangga tayyor. Agar qandaydir kuch bizning asosiy manfaatlarimizga tajovuz qilsa, yadroviy kuchlarimizning ikkinchi kutilmagan funktsiyasidan foydalanmaslikning iloji boʻlmaydi”, degan Kim Chen In.
Maʼlumot uchun, 25 aprel kuni taxminan soat 22:00 larda Pxenyandagi Kim Ir Sen maydonida harbiy parad boʻlib oʻtgan. Janubiy Koreya matbuoti Pxenyan 20 mingga yaqin askar va texnikani safarbar qilgani haqida xabar bergan.
Parad mashgʻulotlarida 250 dan ortiq texnikalar, jumladan, “Xvason-8” gipertovushli raketasi, yaqinda Pxenyan tomonidan sinovdan oʻtkazilgan “Xvason-17” qitʼalararo ballistik raketasi va suv osti kemasidan uchiriladigan ballistik raketa ishtirok etgan.