Tajribasi kam haydovchilar avtomobilni maxsus belgi bilan haydashadi

© Sputnik / Valeriy Titiyevskiy / Mediabankka o‘tishSpetsialniy znak "Nachinayushiy voditel"
Spetsialniy znak Nachinayushiy voditel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Endi 2-yildan kam stajga ega haydovchilar mashina oynasiga maxsus belgi yopishtirib qo‘yadi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonda endi haydovchilikni endi boshlaganlar boshqarayotgan mashinalarda qizil undov belgisi tasviri tushirilgan maxsus belgisi bo‘ladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, haydovchilik malakasi yetarli bo‘lmagan, staji 2-yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarida “!” belgisi tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr bo‘lgan kvadrat ko‘rinishidagi belgi bo‘lishi shart.
Bu qoida traktorlar, o‘ziyurar mashinalar va motosikllarga amal qilmaydi.
Yo‘l harakati qoidalariga kiritilmagan belgilarni o‘rnatish, shuningdek, avtomobil kuzovi va oynalariga turli yozuvlarni qo‘llash taqiqlanadi. Belgilangan tartibda reklama maqsadidagi yozuvlarni qo‘llash istisno hisoblanadi.
Avvalroq O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari tasdiqlangani xabar qilingan edi. Yangi tahrirdagi YHQ 2022-yil 1-maydan boshlab kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0