Jamiyat

Qizil kitobga kiritilgan ayiq bolasi qanday nobud boʻlgani tekshirilmoqda

© GoskomekologiiGoskomekologii izuchayet obstoyatelstva gibeli medvejonka
Goskomekologii izuchayet obstoyatelstva gibeli medvejonka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning soʻzlariga koʻra, u ayiq bolasini oʻlik holda topgan.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan qoʻngʻir ayiq bolasi oʻldirilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bu xabar yuzasidan oʻtkazilgan surishtiruv natijalarini maʼlum qildi.
Qoʻmita inspektorlari va tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxs Dehqonobod tumani "Oqqishloq" MFY Qizilsoy qishlogʻida yashovchi fuqaro K. SH. ekani aniqlangan. Uning xonadonidan bir dona ayiq bolasining terisi topilgan.
“Ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning soʻzlariga koʻra, u ayiq bolasini oʻlik holda topgan”, - deyilgan xabarda.
Qoʻmita bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan oʻtkazilishini qoʻshimcha qilgan.
Gumondor shaxsdan tushuntirish xati yozib bergan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozir tuzilgan ishchi guruh surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda. Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etilishi taʼkidlangan.
Ekopartiya fraktsiyasi aʼzosi deputat Islom Xushvaqtov vakolatli davlat organlaridan mazkur ekologik xuquqbuzarlik yuzasidan batafsil maʼlumot berilishini soʻramoqda.

“Aqlli odam haqiqiy ovchi sifatida hayvonlarga yashash imkonini berishi lozim, shu sababli ham u “yovvoyi odam”ga nisbatan ovchilik madaniyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi, yoʻqsa maxluq qiyofasidagi inson boʻlib qolaveradi. Albatta, biz tsivilizatsiyalar davrida xuquqiy davlatda umrguzaronlik qilamiz. Qonunchiligimizda har qanday xuquqbuzarlikka nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan”, deya yozgan deputat.

Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga koʻra, Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki oʻsimlik dunyosi turlarini nobud qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Qayd etish joizki, 25 aprel kuni Davlat ekologiya qoʻmitasi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi togʻli hududda ona qoʻngʻir ayiq ikki bolasi bilan uchratilganini maʼlum qilgan edi. Oʻldirilgani aytilayotgan bu ayiq bolasi aynan shu ayiqchalardan biri ekani yoki yoʻqligiga aniqlik kiritilmagan.
Yangiliklar lentasi
0