Fargʻona vodiysida sel kelishi mumkin
09:15 27.04.2022 (yangilandi: 09:17 27.04.2022)
© press-slujba MCHS KRSelevoy potok

© press-slujba MCHS KR
Oʻzgidromet Fargʻona vodiysidagi qator hududlarda sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. 27 aprel kuni kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sabab Fargʻona vodiysidagi qator hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Oʻzgidromet tegishli ogohlantirish bilan chiqdi.
Sel vodiy viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida va Qirgʻiziston bilan chegaradosh hududlarda, jumladan:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Hojaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida kelishi mumkin.
U yerda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻralgan.