FSB Belgorodda diversantlarni hibsga oldi - video

Obuna bo‘lish
Belgorodda Ukraina foydasiga temir yo‘lga shikast yetkazishni rejalashtirayotgan diversantlar hibsga olindi.
TOShKENT, 27 apr - Sputnik. Rossiyaning Belgorod shahrida Ukraina foydasiga qo‘poruvchilik harakatlari bilan shug‘ullanib kelgan diversantlar hibsga olindi, deb xabar qilmoqda Federal Xavfsizlik xizmati.
Rossiya xavfsizlik kuchlari Belgorodda transport infratuzilmasi obyektida qo‘poruvchilik tayyorlayotgan ikki nafar jinoyatchini qo‘lga oldi. FSB ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Ukraina natsizmi tarafdorlari bo‘lib, ayblariga iqror bo‘lishadi.
Diversantlar harbiy eshelonlar harakatlanadigan temir yo‘llarga zarar yetkazmoqchi ekanliklarini aytishdi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25-martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0