G‘arb sabab Ukraina bir nechta davlatga parchalanishi mumkin – Patrushev

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishSekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev
Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi G‘arb siyosati Ukrainaning bir necha davlatga parchalanishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. G‘arb va uning izmidagi Kiyev rejimi siyosati Ukrainaning bir necha davlatga parchalanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinib, unga qarshi antipod yaratishga qaror qilgan. Amerikaliklar buning uchun Ukrainani tanlashgan va asli yagona bo‘lgan xalqni ajratishga urinishgan.
“Ukrainaliklarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun hech qanday ijobiy asos topa olmay, Vashington 2014-yilgi davlat to‘ntarishidan ancha oldin ukrainaliklarga ular millati o‘ziga xosligini uqdirib, barcha rus narsalariga nafrat hissini uyg‘otib kelgan”, - deya fikr bildirdi Patrushev "Rossiyskaya gazeta" nashriga bergan intervyusida.
G‘arb va uning izmidagi Kiyev rejimi siyosati yakuni faqat Ukrainaning bir nechta davlatga parchalanishi bo‘lishi mumkin”, - dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.
Patrushev AQSh Rossiyani suvereniteti, o‘zligi, madaniyati va mustaqil siyosatidan voz kechishga majburlashga urinib ko‘rganini qo‘shimcha qildi.
“Bunday yondashuvga rozi bo‘lishga haqqimiz yo‘q”, - deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0