Jamiyat

Maktab va bogʻchalarda yoʻl harakati qoidalari targʻiboti kuchaytiriladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishIzucheniye shkolnikami pravil dorojnogo dvijeniya
Izucheniye shkolnikami pravil dorojnogo dvijeniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Maktablarda “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Maktablarda koʻngilli yoshlar ishtirokida yoʻl harakati qoidalarini faol targʻib qiluvchi “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi. Bu Hukumat qabul qilgan tegishli qarorda belgilab qoʻyilgan.
Qaror bilan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida maktablar bilan hamkorlikda xizmat qiladigan katta inspektor lavozimi joriy etildi (umumiy shtatlar doirasida).
Maktablarda koʻngilli yoshlar ishtirokida yoʻl harakati qoidalarini faol targʻib qiluvchi “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi.
Klubga 9-11-sinf oʻquvchilari aʼzo boʻlishi mumkin. “Yashil chiroq” musobaqasi gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, 1 sentyabrdan “Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida bogʻcha tarbiyalanuvchilari va oʻquvchilarga yoʻllarda, chorrahalarda va piyodalar oʻtish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-koʻrgazmali oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0