Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

© Federatsiya boksa UzbekistanaMurodjon Axmadaliyev vernulsya v Uzbekistan, yego torjestvenno vstretili v aeroportu.
Murodjon Axmadaliyev vernulsya v Uzbekistan, yego torjestvenno vstretili v aeroportu.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschi chempionlik kamarlarini amerikalik Ronni Riosdan himoya qilishi kerak.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev 25-iyun kuni amerikalik Ronni Riosga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur jang AQShning Texas shtatidagi “Tech Port Arena”da bo‘lib o‘tadi. Ahmadaliyev unda tegishli chempionlik kamarlarini Riosdan himoya qilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev 2020-yil fevralida boksning 2 ta yo‘nalishi — WBA va IBF bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi bokschiga aylangan edi.
2021 yil 20-noyabr kuni o‘tkazilgan jangda esa bokschi WBA va IBF kamarlarini ikkinchi marotaba himoya qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0